Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@
"Hikmatlar hazinasi
29 Августа 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: | Комментарии: 0

1. Ilm - ko'p gapirish emas, Ilm bu alloxdan ko'p qo'rqish demakdir (Abdullox Ibn Mas'ud)
2. Kichik uyga ey do'st ayla qanoat, kattasin qurmoqqa yetmaydi fursat (Iohann Pholfgang fon Goethe)
3. Shubxali bir dirxamni rad etishim - 100000 dirxam sadaqa qilishimdan ko'ra suyukliroqdir (Abdullox ibn Muborak)
4. Og'izlaringizga harom luqma kirishidan ko'ra tuproq solingani afzaldir (Abu Hurayra)
5. Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqiqatni topib ol, shundan keyin uni axlini tanisan (Hazrati Ali)
6. Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak, chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi (Abdullox ibn Mas'ud)
7. Ko'zingizni hayotta kattaroq oching-ki, o'layotganda hotirjam yumasiz (Alovuddin Bashar)
8. Sadaqa berib rizqingizni ko'paytiring, zakot berib mol-mulkingizni asrab qoling (Jafar Sodiq)
9. O'g'lim dinning boshi va oxiri bo'lmish bir narsani boy berib qo'yma, bu - namozdir, uni barpo etish bilan dinga kiriladi, tashlashlik bilan dindan chiqiladi (Umar Ibn Hattob)
10. Temirni, toshni ko'tarib ko'rdim, biroq qarzdan ko'ra og'irroq narsani ko'tara olmadim (Luqmoni Hakim)
11. Dunyodagi eng og'ir yuk - otaning yelkasidagi farzand tobutidir
12. O'lim dunyoning bor-yo'g'ini ochib tashladi, aql egasi uchun unda biror bir quvonch qoldirmadi (Hasan Basriy)
13. Alloxni chin sevgan kishi odamlarga tanilmaslikni yaxshi ko'radi (Muxammad ibn A'lo)
14. Mo'min xam yaxshi amallar qiladi, xam Alloxdan qo'rqib turadi. Munofiq xam yomon amallar qiladi, xam hotirjam turadi (Hasan Basriy)
15. Men dunyo tarihini o'qib bir xulosaga keldim, dunyo podshohlari to'plagan jamiki saltanatu-boylik, qasrlaru-saroylar Muxammad alayhissalomning yamoq yaktaglariga ham arzimas ekan (Goethe)
16. Kim ichkarisin o'nglasa, Allox taolo uning tashqarisini o'nglaydi (Umar ibn Hattob)
17. Tortinchoq bilan mutakabbir ilm ololmaydi
18. Bir soat ilmning mashaqqati-xorligiga sabr qilmagan kimsa bir umr jaholat horligida qoladi
19. Odamlarni rozi qilish hech qachon amalga oshmaydigan orzudir
20. Alloxning eng ulug' ne'matlaridan biri - shubxasiz sizni hamisha haqqa chaqirib turadigan do'stingizdir.
21. Kimning kechasi turib o'qidigan namozlari ko'paysa, kunduzi yuzi chiroyli bo'ladi.
22. Yaxshi amallar yuzga ziyo, rizqqa mo'l-ko'llik va odamlar qalbiga yaxshi amala egasiga nisbatan muxabbat ato etadi.
23. Islomiy fikrlarimizni quvvatlash uchun Alloxning rasuli (s.a.v) hamda sahobai ikromlar tomonidan aytilgan so'zlarni misol qilamiz, ammo nimagadir hayotimizning quvvati uchun ularning hayotini misol qilishga odatlanmayapmiz.
24. Odamlarga ular biladigan, tushunadigan narsalarni so'zlang. Nima, siz Allox va rasulining yolg'onchiga chiqarilishini xoxlaysizmi? (Ali ibn Abi Tolib)
25. Yil yildan yomonroq bo'lib boraveradi. Men bu gapni nabiylaringizdan eshitganman. (Anas ibn Molik)
26. Sen menga nuqul atrofni ko'rsat deb xarhasha qilasan. Ho'p ko'rsataman, faqat avval sen tomga chiqqin. (Goethe)
27. Eng yaxshi kun - Juma, eng yaxshi oy - Ramazon, eng yaxshi amal - vaqtida ado etilgan namoz. (Abdullox ibn Abbos)
28. Islom dini insonlarni bu dunyoda xam u dunyoda xam bahtli-saodatli bo'lishlarini istaydi. (Imom Rabboniy)
29. Olimlardan tashqari xamma o'likdir, ilmiga amal qiluvchilardan boshqa barcha olimlar sarxushdirlar, ixloslilardan boshqa barcha amal qiluvchilar aldangandirlar, ixlosli kishi esa oqibati nima bilan tugashini bilgunicha xavfdadir. (Sahl ibn Tustariy)
30. Kim dunyo muxabbati bilan holiqning muxabbatini bir qalbda jamladim desa, aniqki u yolg'on so'zlabdi. (Imom Shofeiy)
31. So'z axli bo'lishdan ko'ra ish axli bo'lgin (Abi ibn Abi Tolib)
32. Sizlar hohlaganingizcha ilm o'rganaveringlar, Alloxga qasamki, amal qilmaguningizcha Allox sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Axmoqlar ximmati rivoyat qilish, ulamolar ximmati rioya qilishdir. (Hasan Basriy)
33. Ey odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz bo’lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz? Holbuki, sen Qiyomat kunida birinchi bo’lib namozingdan so’ralasanku. (Hasan Basriy)
34. Mo’minlar shaytondan panox topish uchun uchta qo’rg’on bor: masjid, Alloxni zikr qilish va Qur’on o’qish. (Ka’bul Axbo)
35. Allox taolo boylarga mollaridan faqirlarga nasiba berishni farz qildi. Agar birorta faqir och qolsa, birorta boyning xasisligi tufaylidir. Allox taolo albatta ularni bu haqda so’roqqa tutadi. (Ali ibn Abi Tolib)
36. Sunnatdagi ehtiyotkorlik – bid’atdagi ishtixoddan afzaldir. (Abdullox ibn Mas’ud)
37. Menga dunyoni tasvirlab bering deysan, avvali – tashvish, oxiri – yo’qlik, xaloli uchun xisob bermoq, haromi uchun azob olmog’i tayin bo’lgan va boylarni fitnalab, kambag’al, bechoralarni g’amga botiradigan bu dunyoning nimasini so’raysan? (Hasan Basriy)
38. Odamlarning kim bilan yurganlariga e’tibor beringlar, ular o’zlariga o’xshaganlar bilan birga bo’ladilar. (Abdullox ibn Mas’ud)
39. Xalqni to’ydirishdan ko’ra shaxslarni to’ydirish mushkulroqdir. (Sanaka)
40. Ikki kishi hech qachon o’z yumushiga to’ymaydi: ilm tolibi ilmga, dunyo talabgori dunyoga.
41. Do’stingizni tez-tez ziyorat qilib turing, zero yurilmagan yo’llar ustini tikan va bo’talar qoplaydi. (Hakim)
42. Dunyoda olimlarning xushomadgo’yligi bo’lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qila olmas edilar. (Abdulfattox Afandi)
43. Ilmiga amal qilmagan olim - boshqasini kiyintirgan xolda o’zi yalang’och qolgan ignaga o’xshaydi. (Imom G’azzoliy)
44. Joxilning bilaman deyishi huddi ko’rning ko’raman deyishiga o’xshaydigan holat. (Muxammad Kamol)
45. Asalarilar xam o’z jinsidan bo’la turib, ishlamay kuvadagi asalni bekorga yeb yotadigan ishyoqmaslarni o’ldirib tashlar ekanlar. (Beruniy)
46. Namozni zoe qilgan odamga islomda ulush yo’qdir. (Umar ibn Hattob)
47. Dunyoni omonat bilganlar kirib qolgan xovlilardan ko’ra uning tashqarisida nimalar bo’lishini ko’priq o’ylaydilar.
48. Jasoratsiz aql ayolga xos hislat, aqlsiz jasorat hayvonga xos xususiyat.
49. Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
50. Ikki olam quyoshi – sallolohu alayhi vassalam bo’lmasalar, insonlarni oydinlatishga bu quyoshning nuri yetmasdi. (Ali Suad)
51. Faqirlarni do’st tutish og’ir, unga siddiyqlardan boshqalar chiday olmaydilar. (Abu Hamsa Bag’dodiy)
52. Odamlar bilan olovga muomala qilgandek munosabatda bo’l, foydalilaridan bahramand bo’lginu, kuydiradiganlaridan ogoh tur. (Shaqiq Balxiy)
53. Igna bilan tog’ni qazimoq – kibrni ko’ngillardan chiqarmoqdan osonroqdir. (Abdulxoshim Sunfiy)
54. Muruvvat – do’stlarning qusur va kamchiliklaridan ko’z yumishdir. (Amir ibn Usmon ul-Makkiy)
55. 30 yildan beri astoydil Allox deydigan kishini izlayman, izlayman lekin topa olmayapman. (Jafar ibn Mubarqa)
56. Sukut saqlagan so’ng sukutining uqubatidan qo’rqqan kishigina gapirishi mumkin. (Abdul-Abbos Bartu’iy)
57. Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne’matlar Alloxniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Allox sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o’limni, qabrga kirishingni unutma. (Umar ibn Hattob)
58. Mo’min kalomni kamaytirib, amalni ko’paytiradi. Munofiq amalni kamaytirib, kalomni ko’paytiradi. (Abdullox ibn Mas’ud)
59. Qabrda yotayotganlarni pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bugun bir-birlari bilan qirpichoq bo’lmoqdalar. (Imom G’azzoliy)
60. Odamlarga xam, o’zimga xam hayronman, xuddi hech nimani bilmaganday, xuddi jannat kalitini cho’ntagimizga solib qo’yganday bemalol uxlayapmiz, bemalol tunni o’tkazayapmiz buyuk xaqiqatni ichimizga yutib. (Maxmud Nosir)
61. Dunyo Abu Bakrga boqmadi, Abu Bakr xam dunyoga boqmadi. Dunyo Umarga boqdi ammo Umar unga qiyo tashlamadi. Biz esa dunyoga botib qoldik. (Muoviya ibn Abu Sufyon)
62. Banda gunoh qiladi, ammo Alloxdan yahshilik yetsa deb umid qiladi – bu uning badbaxtligi sabablidir. (Abu Usmon Jaririy)
63. Xo’roz ko’p joyda tong erta otadi.
64. Axmoq g’azablansa, shayton unga akalik qiladi.
65. Ojiz odamlarni ziyorat qilish kamtarlik va xushhulqlikka kiradi. (Ali ibn Abi Tolib)
66. Haddan tashqari dunyoga xirs qo’yish – umrning mazasini, haddan tashqari ko’p uxlash umrning barakasini ketkazadi.
67. Kim bir namozni ataylab tark qilsa, Alloxga g’azablanib turgan xolida yo’liqadi. (Ibn Abbos)
68. Shaxvatlarni tark etgan kishi umr bo’yi hur yashaydi.
69. Salomatlik sog’ odamlar boshidagi tojdir, uni faqat kasallar ko’radi.
70. Sizlardan oldingi qavm 3 sabab tufayli: ko’p gaprigani, ko’p yegani va ko’p uhlagani tufayli inqirozga yuz tutdi. (Ibroxim Nahaiy)
71. 3 kishi odamlarga fatvo beradi: Qur’onning nosih va mansuxini bilgan kishi, fatvo berishdan boshqa chorasi qolmagan amir, keragidan ortiqcha yukni o’ziga ortib olgan axmoq. (Huzayfa ibn Yamon)
72. Haqiqiy birodar shodlik davrlaringda taklifing bilan tashrif buyuradi, boshingga ish tushganida esa o’zi keladi.
73. Kim Alloxning kitobini o’qib turib, mening gunohim kechirilmaydi desa, u Olloxning oyatlarini masxara qilibdi. (Vahf ibn Munabbax)
74. Har kishiki, payg’ambarni sunnatini o’ziga hakam qilsa, uning so’zi hikmatdir. Har kishiki, nafsining xoxishiga tobe bo’lsa, uning so’zi bid’atdir. (Abu Usmon Jaririy)
75. Molikiy masxabining kitoblari Fransiya konstitutsiyasiga zamin yaratganligini hamma xam bilmasa kerak. (Napoleon)
76. Ayol kishi ko’chaga chiqqan kuni uyda janjal bo’ladi. Agar u raxbarlik kursisiga o’tirsa, u jamiyatga darz yetadi va mamlakatni boshqarishga o’tsa, u diyorning aqlli fuqarolari vatanlarini tark etishga to’g’ri keladi. (Lev Tolstoy)
77. Rossiyaning sho’rini quritgan aroq va foxishabozlik erta-indin butun Yevropaga o’tib ketmasa edi degan havotirdaman. (Dostoevskiy)
78. O’zingni tuzat, shunda odamlar xam sen uchun tuzaladi. (Abu Bakr Siddiq)
79. Ixlos – ixlosni ko’rishni yo’qotishdir. Chunki, kim o’zining ixlosida ixlosni ko’rsa, uning ixlosi ixlosga muxtojdir. (As-Susiy)
80. Nafsga eng og’ir keladigani bu – ixlosdir. Chunki, unda nafsning nasibasi yo’q. (Sahl ibn Tustariy)
81. Zolim va fosiq bir kishi uchun ibodatlarning eng afzali uxlashlikdir. Chunki u uxlaganda hamma tinch bo’ladi. (Shayx Sa’diy)
82. Ohiri do’zah bo’lgan yaxshilik - yaxshilik emas. Ohiri jannat bo’lgan yomonlik – yomonlik emas. (Abu Bakr Siddiq)
83. Tirishqoqlik har qanday uzoq ishni yaqinlashtiradi, tirishqoqlik yopiq eshiklarni ham ochadi. (Sadriddin She’roziy)
84. Dunyo ziynatlaridan birortasi sabab bo’lib bandaning qalbiga kibr kirib qolsa, banda to o’sha ziynatni tark etmagunicha unga Alloxning g’azabi yog’ilib turadi. (Abu Bakr Siddiq)

Сиз мени севасизми? (Ехуд СМС)
29 Августа 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: | Комментарии: 0

Internetdan olingan 

Якшанба. Туришга мажолим йўқ. Телевизор тагига борай десам, овозини эшитишга тоқат қолмаган. Кечаги тўйнинг шовқин – сурони худди жонимни суғуриб олгандай. Қанийди, овозсиз ашула бўлса-ю, эшитиб ётсанг. Қанийди, қир – адирларнинг осойишталиги, боғларнинг шовуллаши, тоғларнинг сокин сукунати, далаю − даштаро солланиб юрган эпкиннинг шивири, жилғаларнинг ўйноқи тароватини вужуд – вужудингга сингдириб юборувчи телевизор бўлса!

Қанийди, бир ёр бўлса-ю, бошингни уқалаб қўйса. Гапирганда гапни ашула қилиб айтса. Ашуласи ҳам фақат муҳаббат ҳақида бўлса... мудроқ босган экан, қўл телефоним SMS келгани ҳақида товуш берди. Истамайгина очдим:

"Сизни менча кутган бирор дил борми?

Ўпка – гиналарга бизда тил борми?

Борсам, шариатда борар йўл борми?

Кутганим чин бўлди, аммо билмайсиз,

Жигарлар хун бўлди, нега келмайсиз?!”

Ҳайрон бўлдим. Ким бўлиши мумкин?Келган рақамга қарасам нотаниш. Телефон қилсаммикан?! Кейин нима дейман? Нега шеър ёздинг, ундан кўра кел, танишиб қўя қолайлик, дейманми? Ҳазиллашувдим, ҳазилни ҳам тушунмайдиган харф экансиз-у, деса-чи, яхшиси жавоб ёзиб юбора қолай!

"Тошкент деган катта шаҳарнинг,

Бир четида уйғоқман – борман,

Сизни ҳар дам кутаман жоним,

Йўлингизга муштоқман – зорман”.

Бир пасдан кейин "ту-ту”лаб жавоб келди:

"Юрагимни ўртар ғам

Ёришимни билмайман.

Бу ишқ билан қайга ҳам,

Боришимни билмайман”.

Дарров ўқидим. Шеърларига қараганда ақлида қусур йўқ. Ҳазиллашаётганга ҳам ўхшамайди. Менга таниш қизларнинг ичида бунақаси йўқ эди, кел, нотаниш бўлса бўпти, яхши гапимни аяб ўтираманми, дедим-да, ҳарфларни тера бошладим:

"Жоним мени алда, "севдим” деб алда,

Фақат сенга менинг севгим, деб алда.

Дунёга сен учун келдим, деб алда,

Келиб бир бахтиёр этмасанг ҳамки,

Дунёга сен учун келдим, деб алда.

Қизғонаман сени барча – барчадан

Дардингда арслонинг бўлдим, деб алда.

Сен мени ҳеч қачон севмагансан-у,

Ҳажрингда сарғайиб сўлдим, деб алда”.

Энди жавоб келмаса керак дегандим, йўқ телефон "ту-ту”лаб қолди:

"Сизни деб оромни унутганим, рост

Фақат, ёлғиз сизни кутганлигим рост.

Мен алдаш ёшидан ўтганман эркам,

Ва алдаш ёшида эмассиз, сиз ҳам”.

Қизнинг жавоби энди жиддий ўйлантира бошлади. Нима демоқчи? Айтганлари ростми ёки ҳазил? Агар ҳазил бўлса, бунақа шеърлар ёзмасди.

Агар рост бўлса... рост бўлса ҳам ёзмасди.

"Дилимизда ёнган ишқ

Балки ёнмас бундан сўнг.

Минг ичида икки ошиқ

Ишқигина келар ўнг. Улар

Тангри ёрлақаган,

Ҳақиқий ишқ ғунчаси

Нега менга зорланасан

Ахир бизлар шунчаки...

” Ушбу SMSни жўнатдим-у, кизга бироз оғир ботиши ҳақида ўйлай бошладим. Энди жавоб келмаса керак. Ахир шунча бамаъни шеърлар ёзолган одамнинг, ғурури ҳарқалай меникидан кам бўлмаса керак. Ҳарқалай ўзини тутиб олган одамгина, бунақа савияси баланд шеърларни ҳозиржавоблик билан ёза олади. Ёки ростдан мени яхши кўрармикан?! Наҳотки Худойим мени ҳам яхши кўрадиган одамни яратган бўлса. Ахир мен ҳам одамман-ку?! Ярим соатлар ўтиб, умид узганимда, жавоб келди:

"Алмашавер, мени ҳар кун ва ҳар дам

Энг гўзал қизларга ичавер қасам,

Нима қилай, жоним, мен сени ахир,

Дунёда ҳеч кимга алмашолмасам”.

Ҳароратли шеър экан. Агар ростдан менга аталган бўлса, бахтлиман. Лекин ким у қиз?! Нега шу пайтгача индамай юриб – юриб , бирдан шиддатли ҳатти – ҳаракат?! Нега менинг туйғуларим билан ўйнашаяпти! Ёки замон ўзгариб қизлар севги изҳор қиладиган даврлар келиб қолдими? Ҳарқалай, давр ўзгарган бўлса ҳам, мен ўзгарганим йўқ. Мен, бунақа бепарда севги изҳорларини қабул қилолмайман. Жавоб ёзмоқчи эмас эдим-у, ўзимни тутолмадим.

"Синглим! Сиз билан ғойибона танишганимдан хурсандман. Шеърларингиз жуда ёқди. Лекин улар шеърларми ёки кўнгил изҳорлари? Нима бўлганда ҳам ўзингизга яқин олиб, чинг кўнгилдан шунча SMS ёзганингиз учун миннатдорман. Ёзишмаларимизни тугатсак яхши бўларди. Мени бундай ҳавоий шеърлар билан кўп алдашгани учун қўрқиб қолганман. Чунки, мен шеърни ёлғондан ёзолмайман. Севмаган одамимга севдим, деб беандиша айтолмайман. Севги сўзи жонсиз ўйинчоқ эмас. Хайр, соғ бўлинг!”

SMSни жўнатдим, дарҳол орқасидан жавоб келди:

"Эҳ, сизни мутлоқ бошқача тасаввур қилгандим.

Мени, севги талаб қиляпти, деб ўйладингизми, севгини шунча арзон баҳоладингизми?! Ижодкорнинг асари яхши бўларкан-у, ўзидан одам чиқмас экан. Сиздаги тушунча шу бўлса, сиз билан ҳеч қачон учрашмаганим бўлсин. Асарларингиз муҳаббатга, завқу шавққа тўла, ўзингиз эса зерикарли экансиз. Омон бўлинг!

Мени кимлигимни ҳали билмайсан,

Беҳуда урмайди кўксимда юрак.

Ҳеч қачон, ҳеч кимга сени бермайман,

Сен фақат меники бўлишинг керак”.

Мен ҳам аразчи қизга дарҳол жавоб ёздим:

"Сиздан севги талаб қилганим йўқ. Севги изҳорларингизни менга аталган, деб тушунибман. Шеърларингиз менга эмас, шоирга аталган экан. Севиш – бу ўзингни оловга ташлаш. Ақлли одом бундай қилмайди. Мен севгидан қўрқаман. Бўлмасам ростдан севиб қоламан. Бўзчи белбоққа ёлчимайди, деганлари шу-да. Сиз менга атаб шеър ёзманг. Мени севиб қоласиз”.

SMSни жўнатиб юбордим. Бироз ўтиб жавоб келди:

"Шеърларингизни ўқиб, дардимиз бир экан, деб юрардим. Афсуски, шеъри бошқа, ўзи бошқа одам экансиз. Лекин мен шеъри ҳам, ўзи ҳам битта одамман. Қолаверса, дангалчи ва қатъиятлиман. Учрашсак, нима дейсиз?!

Севги саҳросида сизни ахтардим,

Тополмай ҳаприқди дилда дардларим,

Роҳатни аланга – ғамга алмашдим,

Сизни ҳеч кимсага алмашганим йўқ”.

Қизнинг жавобини ўқиб, менда уни кўриш, у билан юзма – юз ўтириш, дийдорлашиш истаги пайдо бўлди. Нима бўлса, бўлди, деб жавоб ёздим:

"Билмам нега сизни қолдим ёқтириб,

Мен телба ошиқман сизни кўрмаган.

Балки мен ўйлаган қизсиз орзиқиб,

Балки алдоқчисиз, мени ўйнаган?!

Айтгандай, исмингиз нима, манзилингиз қаерда? Қачон кўришамиз?!” Бироздан сўнг жавоб келди:

"Мен яшайман севги салтанатида,

Вафо деб аталар бизларнинг шаҳар.

Албатта топгайсиз кўнгил қатида

Севгингиз чиндан-да бор бўлса агар”.

У исмини ҳам, манзилини ҳам айтмагач, менда унга нисбатан ҳақиқий қизиқиш уйғонди. Телефон рақамини тера бошладим. Овози биллур қўнғироғидай назокатли қиз кўтарди: − Яхшимисиз?

− Яхши, раҳмат.

− Зўр шеърлар ёзар экансиз, нега шу пайтгача матбуотда ўқимаганман, ҳайрон қолдим. − Эълон қилинмаган-да.

− Нега эълон қилинмаган?!

− Ҳаммаси сизга аталган. Сиз ўқидингиз, бўлди, оламга жар солиб нима қиламан.

− Шеърни, қолаверса, яхши шеъни ҳамма ўқиши керак!

− Керакмас. Шоира бўлиш ниятим йўқ. SMS жўнатганимнинг сабаби бор. Муҳаббатга ишонасизми?

− Ишонмасам, шеър ёзармидим.

− Демак, севган қизингиз бор.

− Йўқ. Фақат бировларнинг кўнглидаги туйғуларни ёзиб юраман.

− Ёлғон. Сиз камида ўнта қиз билан юргансиз.

− Танишларим бор-у, энди севаман, деганимда ташлаб кетаверишаган.

− Наҳотки бирортаси ёнингизда йўқ?!

− Шоирлик етишиш эмас, фидойилик. Мақсад етишиш эмас, шеър ёзиш бўлган. Қолаверса, кўплар шоирга жиддий қарамайди. Дуруст эр чиқмайди, деб ўйлайди.

− Наҳот, уйланиш тўғрисида ўйламагансиз, − деди қиз хўрсиниб.

−Ҳали жиддий ўйлаганим йўқ. Негадирс евги ҳақида ўйлайман-у, уйланиш хаёлимга келмайди. − Агар уйлансангиз, бошқаларни яна севиб қолаверасизми?

− Агар хотинимни севмасам, унинг севгиси ижодимни тўлиқ таъминлай олмаса, албатта бошқаларни севавераман. Агар хотиним, менга фақат эр сифатида қарамай, шоир сифатида қараса, бошқаларни севаман, лекин менга мана шундай имконият яратгани учун энг катта муҳаббатим хотинимга бўлади. Агар, хотиним ҳеч кимни севишимга йўл қўймаса, энг катта нафратим хотинимга бўлади. Ахир мен шоирман, фақат рўзғорбоп мавзуларда ёзолмайман. Қолаверса муҳаббат, инсонни, ҳаётни, дунёни улуғлаш...

− Унда уйланиб нима қиласиз?

− Ахир этикдўз ҳам фақат хотинига этик тикмайди-ку.

− Гап шеър ҳақида эмас, кўнгил ҳақида кетяпти,

− қизнинг нафаси ичига тушиб кетди.

− Шоир шеърида кўнгил бердим деб ёзади, этикдўз этик ямаётганда кўнглимни қўшиб ямадим, демайди. Фарқ шунда.

−Наҳотки шоирларнинг биронтаси уйланмаган бўлса, − дедим, шоирларнинг тарафини олиб.

− Ҳаммаси муҳаббат ҳақида шеър ёзиб юрибди. Хотинлари эса мазза қилиб ўқийди, болалари ёдлайди.

− Шеър балки хотинларига аталгандир...

−Мана, сиз ҳам кимгадир бағишлаган шеъларингизни менга жўнатибсиз-ку!

− Бу шеърлар кимгадир ёзилган эмас. Кимга аталган бўлса ўшанга жўнатилган.

− Шеърларингиз ўз эгасига етиб келган экан, бўлмаса учрашайлик. − Йўқ, учрашмаймиз. − Нега? Демак, ёзганларингиз ёлғон.

− Йўқ, ёлғон эмас.

− Нега бўлмаса кўришмаймиз.

− Мен, сиз билан кўришиш учун шеърларни жўнатганим йўқ. Мени фақат қанақа одам эканлигингиз қизиқтирарди. Тўғриси, кўнглим бироз хотиржам тортди. Мен ўйлагандан кўра, яхшироқ экансиз.

− Мен ҳақимда ёмон фикрда эдингизми?

− Ҳа. Ўзи ёзган шеърларга ўхшаса, демак, жуда кўп қизлар билан юрган. Демак, енгилтак, бурди йўқ одам, деган фикрда эдим. Энди эса фикрим ўзгарди. Агар учрашайлик, деяверсангиз, фикрим ўзгариб қолиши мумкин.

− Учрашмасак, демак мен ҳақимда ҳали ҳам яхши фикрда эмассиз.

− Гапингиз тугаганга ўхшайди.

− Ҳеч бўлмаса исмингизни айтинг.

− Бир мухлисингизни кечиргандай, вақтингизни олганим учун кечиринг.

− Манзилингизни айтинг, қаерда ўқийсиз, мени қаердан танийсиз, қайси шеърларимни ўқигансиз?

− Ҳамма шеърларингизни ўқиганман. Мухлисларингиз эса кўп. Келинг, энди хайрлашлик.

− Тўхтанг, ҳеч бўлмаса овозингизни хотирамга сақлаб қолай. Биронта танишимнинг овози бунақа ёқимли эмас.

− Бошқа телефон қилиб юрманг. Бу рақамни бугуноқ алмаштираман.

− Нима, мени ўйинчоқ қилаяпсизми?

− Йўқ, аксинча, жуда жиддий суҳбат бўлди.

− Нега бўлмаса кўришмаяпмиз?

− Сизни кўрганман. Мени кўришингизни эса қизиғи йўқ.

− Илтимос, бўлмаса яна SMS ёзинг. Ўзингиз яна телефон қилинг.

− Майли, ўйлаб кўраман. Энди телефонни ўчирсам, хафа бўлмайсизми?

− Хафа бўламан.

− Бўлмаса, суҳбатимиз сўнггида яна битта SMS жўнатаман ва яхши кунларда кўришгунча омон бўлинг, деб қоламан.

− Бўпти, хайр. Мен ҳам сизга жўнатаман.

− Керакмас.

Телефон ўчди-ю, бутун бир дунёдан айрилиб қолгандай, юрагим ўпирилиб тушгандай бўлди. Келган SMSларни яна қайтадан бирма – бир ўқидим. Жой етишмаганидан баъзи бирларини ўчириб юборганимдан ўкина бошладим. Унинг менга ёзган шеърлари энди муҳаббат алангасидай таъсир эта бошлади. Унинг ҳақиқий завқи, оташин ҳарорати юрагимни куйдира бошлади. Ярим соатлар ўтиб, янги SMS келди:

Ёрга етмоқдан ўзга,

Ишқ аҳлига армон йўқ.

Ишқни тартиб этмоққа,

Қоида йўқ, фармон йўқ.

Севги дарси бўлганда

Олар эдим сабоқ ман...

Мағлубдирман, бу фанда

Саводсизман, муҳтожман...

Мен ҳам SMS ёздим. Аммо телефон қабул қилмади. Телефон қилсам, аппарат рад жавобини бера бошлади. Бошқа гаплаша олмадим. Фақат... орадан бир йўл ўтиб учрашганимиздагина уни овозидан таниб қолдим. Бу, ойим мени бир йилдан буён учрашувга кўндиролмай юрган, мен учрашишни истамаган қиз бўлиб чиқди. Агар билганимда... бу учрашув бир йил олдин бўлиб ўтарди. Мен у билан учрашдим ва бўлиб ўтган воқеалар бирма – бир ёдимга тушиб, хо-холаганча кулиб юбордим. Мен бахтиёр эдим. Унинг қўлларидан ушлаб, кўзларига қарадим. Кўзларига шу қадар самимий термула бошладим-ки, фақат тоза қалб билан, покиза ният билан кўзлар бир – бирига мана шундай бахтиёр қараши, ихтиёрларини бир – бирларига топширишлари мумкин эди. У мени кута – кута SMS ёзган, мен уни кўришдан олдин, у мени синаб бўлган экан. Хурсандлигимни кўриб, ойим ҳам ортиқча сўраб ўтирмади. Тўй тараддудига тушдилар. Мен эса унга SMS ёзишга тушдим:

"Бетакрор хусни ила оламга чирой берган гўзаллик маликасига! Ҳар бир лаҳзангизда юз минг омад кулиб, юз минг бахту саодат йўлдошингиз бўлсин! Сизга дунёнинг барча шодлиги-ю, барча ҳузур – ҳаловатини тилайман. Миллион миллион муҳаббат гуллари қадамингизга поёндоз бўлсин. Оллоҳ иқболингизни баланд, истиқболингизни ёруғ қилсин!

Сиз энг гўзал қиз, лойиқсиз тахтга

Хусн оламида, подшоҳсиз, хонсиз.

Лойиқсиз, дунёда энг катта бахтга

Энг улкан севгига лойиқ, инсонсиз!

Kun hikmati
29 Августа 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: | Комментарии: 0

Oyning o'n beshi qorong'u, o'n beshi yorug'

Diplom ishi
13 Июня 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: | Комментарии: 0
Mavzu: Ayollar zamonaviy kuylagini tikish. Reja : I. Kirish a) Tikuvchilikning sanoatdagi o’rni. b) Libos haqida tushuncha. II. Asosiy qism. 1). Ayollar zamonaviy ko’ylagini tikish uchun model tanlash. 2). Ayollar zamonavy ko’ylagini tikish uchun o’lcham olish 3). Andoza tayyorlash. 4). Gazlama tanlash. Andazani gazlama ustida joylashtirish.,bichish. 5). Namlab issiqlik ishlov berish. 6). Ko’ylakni tikishda ishlatiladigan jihozlar. “ORSHA” 1022 tipi mashinasi. III. Xulosa . Kirish. Tikuvchilikning sanoatdagi o’rni. Hozirgi paytda, ayniqsa, Respublikamiz bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tikuvchilik sanoati korxonalarining oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri — aholini sifatli hamda bejirim kiyim-kechaklar bilan, ularning moddiy va madaniy yashash darajasini oshirishni ta'minlashdan iborat. Tikuvchilik sanoati aholini sifatli kiyim-kechaklar bilan ta'minlashi uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, materiallarning assortimentlarini kengaytirish lozim.Keyingi vaqtlarda tikuvchilik sanoatining xomashyo bazasi gurkirab rivojlanmoqda. Chunki, asosiy xomashyoni yetkazib beruvchi to'qimachilik sanoatining tarmoqlari kengaymoqda. Respublikamizda bir qancha qo'shma korxonalarning ochilishi buning isbotidir. Masalan, Andijondagi "ASSAM-tekstil", "Shaxri ipak" qo'shma korxonasi, Farg'onadagi "Salomat" O'zbek-Ruminiya qo'shma korxonasi, Namangan viloyatidagi "Namangan-Yurteks" O'zbek-Rossiya qo'shma korxonasi, Qarshidagi "Qarshiteks" O'zbek-Turkiya qo'shma korxonasi, Qobul-To'ytepa tekstil, hamda Italiya bilan hamkorlikdagi "Spining silk" qo'shma korxonalar shular jumlasidandir. To'qimachilik sanoat korxonalari tikuvchilik korxonalariga turli xil ko'rinishdagi kiyim-kechaklar tikish uchun har xil gazlamalar, tikuvchilikda ishlatiladigan g'altak iplarni yetkazib beradi. Natijada, tikuvchilik sanoati aholi va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun mavsumiy, zamonaviy modaga mansub bo'lgan, iqtisodiy talablarni qondiruvchi kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi. Bu sanoat xodimlari tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish, yuqori sifatli bejirim buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallarning olinishi, xossalari, fizik-mexanik ko'rsatkichlari va assortimentlarini yaxshi bilishlari kerak. Chunki, tikuvchilik materiallarining xossalari, ularning qaHaay tolalar, iplardan tashkil topganligi, o'rilishi, pardozi va boshqa ko’rsatkichlariga bog'liq.Ushbu diplom ishi "Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi" yo'nalishidagi yengil sanoat o'quvchilari, shu sanoat korxonalanning mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib unda tabny va kimyoviy tolalarning olinishi, tuzilishi, iplarniiig olinishi tuzihshi hamda assortimentlari, gazlama, trikotaj, noto’qima matolarnmg tuzilishi haqida ma'lumotlar berilgan. 1.1 Libos haqida tushuncha Kiyim odam gavdasining bir qismini yoki hammasini yopib turadi.Kiyim assortimenti xalq talabini qondirish uchun tikuvchilik sanoatida nimaga mo'ljallanganiga qarab chiqariladi.Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan klassifikatsiyaga ko’ra zamonaviy kiyimlar ikki turga: maishiy va ishlab chiqarish kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyim: ust kiyimlar, kostyum-ko'ylaklar, ich kiyimlar, ko'rpa-yostiq buyumlari, bosh kiyim va korsetlar kabi guruhlarga bo'linadi. Kiyimlar nimaga mo'ljallanganiga qarab, quyidagi guruhlarga bo'linadi: - ust kiyim -- palto, kalta palto, qishki palto, plash, kurtka va h.k. - kostyum-ko'ylaklar — ko'ylak, bluzka, yubka, jaket,pidjak, shim va h.k. - ich kiyimlar -- pijama, tungi ko'ylak, cho'milishkiyimlari va h.k. Jinsi va yoshiga qarab kiyimlar kichik guruhlarga bo'linadi — ayollar, erkaklar, qiz bolalar, o'g'il bolalar kiyimlari. Bolalar kiyimi o'z navbatida yuqori sinf o'quvchilari, maktab yoshidagi bolalar va maktab yoshigacha bo'lgan bolalar kiyimlariga bo'linadi. Maishiy kiyimlar quyidagilarga bo’linadi; - yilning qaysifaslida kiyilishiga qarab — bahorgi-kuzgi, qishki, yozgi kiyimlar; - qayerda kiyilishiga qarab — kundalik kiyim, sport kiyimi, uy kiyimi, tantanali marosimlar kiyimlari. Ayollar ust kiyimi sun'iy, jun yoki sintetik tolali gazla-madan tikilgan bo'ladi.Ayollar ust kiyimi modeli gavdaga qay darajada yopishishiga, siluetiga, yeng bichimiga, yoqasiga qarab turlicha bo'ladi. Ishlab chiqarish kiyimlari - xalq xo'jaligining turli sohalarida kiyishga mo'ljallanadi. Ishlab chiqarish kiyimlari klassiga maxsus va rasmiy (forma) kiyimlar kiradi. Maxsus kiyim ishlab chiqarishdagi zararli muhitdan odamni muhofaza qiladi. Maxsus kiyimlarga asosan: kombinezonlar, kurtkalar, shimlar, plashlar va h.k. kiradi. Forma qaysi soha yoki qaysi ishlab chiqarish ishchisi ekanini bildiradigan kiyimdir. Kiyimlar qayerda kiyilishiga qarab kundalik va tanta-nalarda kiyiladiganlarga ajratiladi. Kundalik kiyim — kunda kiyiladigan kiyim. Tantana kiyimi — turli bayramlarda kiyiladigan kiyim. Ayollar ust kiyimi xilini oshirishga universallash yo'li bilan erishiladi, «Universallash» so'zi «turli yo'llar bilan ishlatilishi mumkinligini» bildiradi. Ya'ni universal kiyim - har xil vaqtlarda kiyilishi mumkin. Bu kiyimning formasi, materiali va bezagi qo'shimcha bezatuvchi narsalar (munchoq, zanjir va h.k.) taqib, olib qo'yiladigan yoqalar, manjetlar va hokazolar uning qayerga kiyilishiga qarab o'zgartirilishi mumkin. AyoIIar kiyimlari yoshga qarab uch guruhda ishlab chiqariladi — kichik, o'rta, katta va to'rtta to'lalikda bo'ladi. Evropaliklar bilan kiyim almashishda uning o'lcham standartlaridan foydalaniladi. Ayollar kiyimlarining tovar yorliq'ida: odam bo'yi, ko'krak aylanasi va bo'ksa aylanasi qisqartirilmagan holda belgilab qo’yiladi.CX-lV mlodaning tili ba'zan, albatta, tarjima qilinishni talab etadi. Bu moda bir paytlari sevgan yoki yaqindagina hayotga kiritib, mashhur qilgan narsa va hodisalargada bir xilda kerak bo'ladi. Eskilari ko'pincha unutilgan, yangilari esa hali ko'pchilikka tushunarsiz bo'lgani uchun uning atamalari hamisha izohga, tushuntirishlarga muhtoj bo'ladi.Moda tilining lug'ati keng, hamisha jonli o'zgarishdadir. Ammo uning tarkibida o'zak va tub ma'noli atamalar, keng tarqalgan nomlar, tushunchalar ham ko'p. Zamonaviy kiyim dizayni, uni modellash sohasida ijod qilayotgan, ish yuritayotgan har bir inson «kiyim», «kostum», «moda», «uslub» va boshqa so'zlarga ko'p marotaba to'qnash keladi. Bu ko'p ma'noli so'zlarning asosiy mazmuni ustida to'xtalib o'taylik. Moda (frans. — me'yor, usul ma'nosida) — bu inson faoliyatining ixtiyoriy sohasida: san'at, kiyinish, xulq-atvor hamda boshqa sohalardagi ma'lum shakllarning tinmay o'zgarishidir. Kostum — vazifasiga, mo'ljaliga binoan ma'lum darajada yig'ilgan kiyimlardir. Uslub — qandaydir vaqt oralig'ida umumiy vosita va usullar bilan badiiy ifodalanishga aytiladi. Kolleksiya (lot. — yig'ilish, yig'ma, terma) — uslubi, konstruksiyasi, shakli, materiallarning o'xshashligi asosida yig'ilgan yoki ma lum bir badiiy obrazni ifoda etishga xizmat qiladigan kiyim modellari termasi. Ansambl (frans. — to'liq, tekis, uyg'un) — turli qismlardan yoki bo’laklardan, kishilardan yig'ilgan bir butun ma'nosini bildiradi. Kiyimda esa ansambl o'rniga ba'zan kostum so'zi ishlatiladi. Ansambl so'zi libosning nima maqsadda va qayerda kiyilishiga qarab ko'proq farqlangani uchun termin ham qo'shimcha ma'noli so'z qo'shib ishlatiladi. Masalan, bayram yoki tantana ansambli shu vaziyatga mos keluvchi badiiy obraz yaratishga xizmat qiladigan kiyimlar va buyumlar termasini: poyabzal, taqinchoq va boshqa to'ldiruvchilarni o'z ichiga oladi. Bu holatda tantana darajasini nozik ilg'ash va ansambl hashamini unga moslash talab etiladi. Masalan, teatrga borish bilan Yangi yil bayrami yoki bironta yubileyga qatnashish boshqa-boshqa narsa. Agar birinchi vaziyatga marjon, gul yoki sharf taqib olish singari bir-ikki narsa oddiy kiyimni tantanali qilsa, ikkinchi vaziyatda esa, butun libos dastasining -poyabzal, paypoq, ko'ylak matosi, to'g'nag'ich, soat -- barining ko'tarinki nazokatliligi va bir-biriga uyg'unligi taqozo etiladi. Bundan tashqari, yoshi ulug' xonim uchun tanlangan dasta (ansambl) bilan yosh qizning tantanavor libosi butunlay farq qiluvchi tushunchalardir. Yoshlar uchun ansambl bir-biridan keskin farq qiluvchi bo'laklarning uyg'unlashtirilgan termasidan iborat bo'lishi mumkinki, yoshi ulug' xonimlarning kiyimlarida bu holatning uyg'unligi tan olinmaydi yoki avangard kiyim toifasiga o'tib, undagina tan olinishi mumkin. «Haute Couture» (frans. «ot-kutyur» — yuqori darajadagi tikish yoki yuqori san'at darajasidagi tikish ma'nosida) — hozirgi vaqtda «yuqori moda» ma'nosida ishlatilib, eng yuqori sinf darajasidagi kiyimlarni yaratish tushuniladi. Bunday sinfga yoki turkumga kiruvchi kiyimlar yagona nusxada bajariladi, bular asosan qo'lda tikiladi. Nafaqat kiyim tikilish jarayoni, balki mato yoki material, bezak turlari ham qo'lda bajariladl va yagona, takrorlanmas bo'ladi. «Pret-a-porter» (frans. «pret-a-porte» — tayyor ko'ylak industriyasi, tayyor ko'ylak ishlab chiqarish sanoati ma'nosida) — kiyim korxona va fabrikalarda tayyorlana boshlanishi natijasida XX asrda paydo bo'lgan tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchi sanoatga tegishli bo'lgan kiyimlar sinfi. Bu turkumga mansub kiyimlar nusxalari soni, sifati va narxlari doirasida yana bir necha sinflarga bo'linadi. 1.1. Ayollar zamonaviy ko’libos modasidagi uslublar Yuqorida aytganimizdek, uslub -- qandaydir vaqt oralig'idagi badiiy ifodalanishda umumiy vosita va usullardan foydalanishdir. Zamonaviy kiyim modasida, libos dizaynida ham o'ziga xos yo'nalish, oqim va uslublar mavjud. Klassik uslub (mumtoz uslub, mumtoz kostum, mumtoz moda) — shunday kiyimlar borki, inson didi, talablari, qiziqishlari, odatlarining o'zgarishiga qaramay, ular ma'lum ma'noda o'zgarishsiz qolaveradi. Mumtoz modaga taalluqli va hatto ba'zan mumtoz moda deb ataluvchi ingliz kostumi ana shunday kiyimlardandir. Umumjamoatchilik uni hamisha ajoyib, zo'r, o'rnak bo'ladigan deb hisoblayveradi. Fransuz modelyeri Gabriel Shanel taklif etgan ayollar kostumi va «kichkina qora ko'ylak» ham shunday kiyim qatoriga kiradi. Mumtoz kiyim pishiqlik, estetik tarafdan to'kis, o'ktam va mukammal bo'lgani uchun kiyim modasida uzoq yashaydi. Ingliz kostumi — umumlashgan bir tushuncha sifatida rang va shakli jihatidan ishchanlik va jiddiylik timsolini anglatuvchi kiyim turidir. U fransuzlarning versal modasidagi erkaklarning o'ta hashamdor va noqulay kiyimiga qarama-qarshi o'laroq XVIII asrda paydo bo'lgan. Fransuzlar u paytda shoyi kaftan va kyulot deb ataluvchi kalta sharvar kiyishgan. Inglizlar esa yuqorida aytilgandek, kundalik kiyim sifatida ot minib yuruvchilarning kiyimidan olingan chidamli va qulay kiyim taklif etdilar. Bu kiyim ustidan redingot (uzun syurtuk) kiyiladigan movut frak (orqasida uzun etagi bo'lgan jilet), tor shim (pantalon) va tepasiga qaytarma qo'sh qo'nj tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklarning bu yangicha libosi ayollar kiyinishiga ham ta'sir etdi: Ayollar XIX asrning 80-yillaridayoq o'zlari ingliz kostumi deb atagan mazkur kostumni kiya boshladilar. Uning tarkibiga to'g'ri bichimli yubka (burmali yoki burmasiz), astarli jaket kirardi. Jaketning bo'ynida tik yoqasi, ko'krak qismida esa qaytarma yoqasi bo'lgan. Erkak va ayollarning bu kiyimiga ishlatilgan mato -to'kis, sezilar-sezilmas yo'li yoki kataklari bo'lgan, rangi sipo — movut, keyinchalik kostumbop mato yoki kostumbop movut deb nom oldi. Bu libosni, odatda, maxsus tikuvchilar tikishardi. Tez orada u ommaviylashib ketganligi uchun tayyor kiyim tikuvchi ustaxonalar paydo bo'ldi. Romantik uslub — o'tgan asrlar bezaklarining barcha turini (xili-ni) o'z ichiga olgan: to'rlar, nozik kashtalar, gullar, burmalar, pirpiraklar, qo'sh etaklar, bantlar. Bu uslubdagi kiyimlar uchun murak-kab bichim; chiroyli, kiyim hashamdorligini oshiruvchi, ammo amaliylik jihati oz bo'lgan detallar; nafis yoki murakkab ranglar; matolarning g'ayrioddiy fakturalari xosdir. An'anaga ko'ra oqshom li-boslari romantik uslubda tikiladi. Yasan-tusan, tantanavor libos — bayramona, ko'tarinki ruhdagi kiyim. Ba'zan bayramona ruhli libosga qo'shimcha shaklda bezak qilingan kashtalik yoqa, sharf, gul, marjon taqish bilan ham erishiladi. Bu usul jiddiy ish kiyimini ham tantanavor yasan-tusan libosga aylantirish imkonini beradi. Maxsus bayramona libosda barcha mayda-chuyda, ikir-chikir detallar g'oyat e'tibor bilan tanlanadi. Bichimida kutilmagan uslub qo'llanishi va bunda odatlarga atay aks yechimlar topilishi mumkin, ya'ni dekolte (yoqa o'mizining chuqur o'yilishi), etakdagi yo’rmalarning o'ta ochiq yoki modaga qarab, o'ta yopiq va hokazolar. Taqinchoqlar, poyabzal, paypoq, sumkalar -- hammasi sinchiklab tanlanadi. Bu mayda-chuydalarning bari uyg'un, bir-biriga mos tushgan, bir g'oyaga bo'ysungan to'plam, ansambl yaratishga xizmat etishi kerak. Folklor uslubi yoki etno-uslub — zamonaviy kiyimda milliy yoki an'anaviy libos elementlarining ishlatilishi. Boshqacha qilib aytganda, milliy libos asosida zamonaviy kiyimni uslublashtirish. Bunda libos ansambli butunlay yoki uning bir qismi uslublashtirilishi mumkin. Ba'zan esa modellarga an'anaviy libosning rosmana haqiqiy elementlari kiritilishi mumkin. Sport uslubi — bu uslub professional va havaskor sportchilarning gigiyenik va qulaylik jihatidan mukammal va chiroyli kiyimining modaga ta'siri va ommalashuvi oqibatida tug'ilgan. Sodda konstruksiyalar, nisbatan arzon materiallar (sintetik materiallar va sun'iy charm bundan mustasno emas) qulaylik, universallik, yorqin ranglar, turli yozuvlarning bezak sifatida qo'llanishi sport uslubining tashkil etuvchilaridir. Bu yerda sport kiyimi va sport uslubidagi kiyimni farqlash darkor. Agar sport kiyimi professional va havaskor sportchilarning ma'lum sport turi bilan shug'ullanishlari uchun mo'ljallangan maxsus kiyim bo'lsa, sport uslubidagi kiyimlar esa mo'ljallanganligi va badiiy yechimiga qarab yo kundalik kiyim, yo uy ichi kiyimi, yoki dam olish kiyimi va hatto bashang kiyim ham bo'lishi mumkin. Disko — yoshlar libosidagi kichik bir uslubiy oqimcha. Disko uslubidagi ko'ylak va kostumlarning ishlatilish maqsadi juda tor, ya'ni faqat diskotekaga borish va raqs tushish. Aksariyat bu liboslar yarqiroq, «baqiroq» va olachalpoq bo'ladi. Trikotajdan ham foydalaniladi. Ularning shakli, bichimi shu davrdagi modaning talabiga mos o'zgaruvchan. Disko-ko'ylak (yoki diskotek-ko'ylak) bu raqs va o'yinning tantanavor libosidir. Uniseks (frans.) yoki oneseks (nem.) — bu so'zlarning tarjimasi bir jinsli yoki jinsdan tashqari ma'nosini bildiradi. Oddiy qilib aytilsa, bu shunday uslubdagi kiyimki, uni erkaklar ham, ayollar ham kiyaveradi. Jinsi kiyimlari buning uchun yorqin misoldir. Ham erkak, ham ayolning libosiga kiruvchi bunday kiyimlar keyingi paytda ancha ommalashgan: sviter, pulover, kurtka va hokazolar. Retro uslub — zamonaviy modaning o'tgan zamonlar modasidan amalga oshiradigan mayda-chuyda «o'g'irliklari» shunday deb ataladi. Masalan, XX asrning 80-yillarida moda 20-50-yillardagi liboslarning ayrim g'oyalarini o'zlashtirishni odat qilgan. Albatta, bunda detallarning ko'rinishi ancha-muncha o'zgartiriladi, zamonaviylashtiriladi. Har holda, bu ishni uslub emas, uslublashtirish, desa ham bo'ladi. Pijama uslubi. Qachonlardir kamzul va shimdan iborat bo'lgan kiyim, ya'ni pijama asosan erkaklarning kechasi kiyib yotishi uchun ishlatilar edi. Keyin u ayollar libosiga ham qo'shildi. Ammo pijama o'ziga xos uslubdagi ust kiyimi yaratilishiga turtki bo'ldi. Aslida, ular ayollar libosidagi eng odatiy shim, bluzka (kofta), jaket va hokazolar bo'lib, faqat hajmi ancha keng, qomat qiyofasi berilmagan (qomatlashtirilmagan) va ehtimol, xuddi shu tufayli juda qulay kiyimga aylangan. Keng, qo'yma cho'ntaklari bo'lib, yirik, yaqasqi katta tugmalari serob kiyimdir. Matroscha (dengizcha) uslubdagi kiyim (goll. «matros» — kemadagi eng quyi lavozimdagi ishchi yoki askar) — kiyimlar ichida mutlaqo o'ziga xos go'zallikka ega kiyimlardan biri. Vaqti-vaqti bilan yo'qolib, ikkinchi o'ringa o'tib qolsada, yangi zamon talabining shakl va proporsiyalarini o'zlashtirib, yana modaga kirib kelaveradi. Asosiy xususiyatlari, taxlamali yoki qisman taxlamali yubka, matroscha keng yoqali bluzka (kofta) yoki yo'1-yo'l mayka bilan kiyiluvchi jaket. Tasmalar va dengizcha nishonlar bezak sifatida ishlatiladi. Oq, ko'k ranglar albatta bo'lishi lozim. Safari (arabcha so'zdan kelib chiqqan, «safar» ma'nosida) -Yevropada bu Afrikaning ichkarisiga yurish, savannaga yoki junglilarga ovga borish mazmunida ishlatiladi. Ov ishtirokchilari safar uchun qulay, mo'ljallangan ishlariga moslashtirilgan kiyimlar kiyganlar. Fazilatlaridan eng muhimi esa, bichig'idagi hamma narsa qulaylikka, yurganda va harakat qilganda badanning hech bir a'zosiga to'sqinlik keltirmaslikka bo'ysunganligidir. Safar chog'ida kerak bo'ladigan qopqali va qopqasiz cho'ntag-u cho'ntakchalar, ilgaklar; kiyimni istagan paytda sharoitga moslab shaklini o'zgartirish mumkinligi (boshqacha qilib aytganda, transformatsiyalanishi); o'q soladigan joylari bor keng kamarlar; dubulg'ani eslatuvchi, chivinga qarshi chachvonli bosh kiyim; zaharli ilonlar bilan uchrashuv ehti-molini nazarda tutgan qo'nji baland botinka yoki etik. Nihoyat, libosning o'zi qalin va pishiq paxta matodan tikilib, unga sintetika aralashtirilmaydi. Jungli va savannada ko'zga tashlanmaydigan moshrang (xaki) yoki qum rangida bo'ladi. Uni bir paytning o'zida ishbop, sayrbop yoki sportbop deyish ham mumkin. Op-art (ingl. «optikal art» - optik san'at) — ranglar kontrasti, kesishuvchi egri chiziqlar yordamida hosil bo'luvchi illuziyalar ishtirokida rangtasvir, grafika asarlari yoki liboslar yaratish yo'nalishi. Kiyimda bunday illuziyalar juda ko'p ishlatiladi. Pop-art (ingl. «popular art» — populyar, ommaviy san'at ) — XX asrning 50-yillari ikkinchi yarmida AQSH va Buyuk Britaniyada paydo bo'lgan badiiy oqim; kompozitsiyalar real buyumlar, fotorasm, reproduksiya hamda illustratsiyalarni o'z ichiga olishi mumkin. Avangard (frans. «oldinda yuruvchi» ma'nosida) — yangicha ko'ri-nishdagi, oldingilarini inkor etuvchi, ommabop buyumlarga qarama-qarshisini tanlovchi oqim. Belyo uslubi — retro uslubining ko'rinishlaridan biri. Och rangdagi shoyi va paxta matosidan kishilik uchun tikilgan ko'ylak, bluzka va sarafanlar. Ular tagdo'zi, guldo'zi kashta yoki oddiy to'rdo'z, ko'z-ko'z gul, ingichka gul chok bilan hashamlanadi. Ayollar ich ko'ylagini shunday bezaganlari uchun uslubning nomi ham shundan tarqagan. Grafflti — 60-yillardagi pop-artning o'ziga xos davomi. Yozgi maykalar, jinsi kostumlari kashta, «shahar folklori» mavzularidagi bosma rasmlar, bolalar chizgan rasmga o'xshatmalar, turli matnlar va yozuvlar bilan bezaladi. Jinsi modasi va jinsi uslubidagi kiyim. Kurtkalar (astarli, astarsiz, paxtali, mo'ynali), shim, ko'ylak, yubka, bosh kiyim, sumka va hatto poyabzal va paltolarning ham jinsi matosidan tikilishi. Sport kiyimiga o'xshashlik; cho'ntak, «molniya» qulf-tasma, bezama chok, metall tugma, pistonlarning borligi; tejamkor bichim — bularning bari jinsi uslubining o'ziga xos xususiyatidir. Ba'zan duxoba, charm va boshqa matolardan jinsi matosidan tikilgan kiyimga o'xshatmalar chiqa boshlaydi. Bunday kiyimlarni ham jinsi uslubiga kiritish mumkin. Hozirgi kunda jinsi uslubidagi ba'zi kiyimlarni o'ziga xos mumtoz kiyimlar qatoriga kiritish mumkin. Diffiiz uslubi (lot. «bir-biriga o'tish») - XX asrning 70-yillari mahsuli. Avvaldan bilib turib, o'ylab, libosdagi qismlarni turli uslublardan tanlab, terib yig'ish. Romantik uslubdagi ko'ylak ustidan ishchanlik pidjagi; folklor uslubidagi bluzkaga sport shimini kiyish va hokazo. Har xil uslublardan kostum yig'ilganda, libosning mo'ljallangan maqsadi, talablari mustahkam ushlanishi zarur. Kantri-luk yoki kantri uslub («vatanni sog'inish, xalqqa nazar» ma'nosida) — qishloq uslubidagi kiyim. Unda xalq uslublari ustunlik qiladi. Ko'pincha bu libos dam olishda, uyda, bo'sh vaqtda kiyiladi. Konstruktiv uslub — bu uslubda kiyimning tuzilishi, shakli (konstruksiyasi) maxsus dekorativ bezaklar va usullar bilan bo'rttirib ko'rsatiladi. XX asrning 50—60-yillarida fransuz dizaynerlari Andre Kurrej bilan Pyer Kardenlar konstruktiv uslubda qiziqarli libos to'plamlarini yaratgan edilar. Sayrbop uslub (yoki promostil) — faqat dam olishda emas, ko'chaga voki shahar tashqarisiga aylangani chiqqanda kiyishga mo'ljallangan kiyimlarni birlashtirgan mikrouslub. Mikrouslubni alohida ajratib ko'rsatilayotgani, bu terma kiyimlarda xuddi «safari»ga o'xshab alohida uslubiy yechimlar topilganidan emas. Sayrbop kiyim hozirgi kundagi modaning liboslaridan kelib chiqib, xohlaganini tanlanishi demakdir. Faslga qarab, moda taklif etayotgan narsalarga qarab shimning kengligi, yubkaning uzunligi, yelka kengligi, detallarning shakllari tanlanadi. Promouslubni (frans. promenadyer - - «sayr etmoq, aylanmoq») taklif etilarkan, moda ko'cha uchun norasmiy kiyimning qanday bo'lishi kerakligini maslahat beradi, xolos. Bular ochiq sport libosi bo'lmasada, harakatlarga to'sqinlik qilmaydigan, kerak bolsa, ishbop, kerak bo'lsa, erkin yurishni ta'minlashi lozim. Shamol va yomg'irdan issiq saqlaydigan keng kurtka; qalin to'qima paypoq bilan kiyiladigan shim yoki yubka; o'rtacha yoki past poshnali qulay poyabzal, shlaypa va plashlar; galstuksiz kiyiladigan keng va mayda gulli paxmoq ko'ylak; kostum yoki jilet; ayollarga keng, issiq va me'yorida uzun yubkalar, vaziyatga qarab turli sharflar; to'qima, yumshoq bosh kiyimlar — ana shu liboslarning bari sayrbop bo'lishi mumkin. Eng asosiysi, kostumdagi qavat-qavatlilik; «qavat»larning sonini esa ob-havo belgilaydi. Ishbop kiyim uslubi — dam olish, bog' ishlari bilan shug'ullanish va qisman mehnat faoliyati uchun mo'ljallangan liboslarda ishchilar-ning maxsus kiyimlarining shakli va xususiyatlari saqlanadi. Misol uchun, modaga sex ishchilarining kiyimidan olingan kombinezon uyda va ko'chada ham o'zining qulay cho'ntak va pistonlarini saqlab qoladi. «Militari» — harbiylar formasidagi elementlarni boshqa kiyimga ko'chirish yoki zamonaviy kiyimni harbiy forma asosida uslublashtirish. Biz yuqorida keltirgan zamonaviy modadagi uslub va yo'nalish amalda nihoyatda ko'p va serqirra. Vaqt taqozosiga ko'ra, usullarning bir-biriga qo'shilishi; tabiat va jamiyatdagi turli hodisaling ro'y berishi; yangi texnologiyalar va materiallarning ixtiro lishi yangi moda va yangicha uslublarning paydo bo'lishiga olib keladi. 2.2.Ayollar zamonaviy ko’ylagi uchun o’lcham olish. Ayollar zamonaviy liboslarini loyihalashda odam figurasining o'lchamlarini olish asosiy, mas'ul va murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Muayyan figuraga mo'ljallangan kiyim konstruksiyasining chizmasi undan o'lchab olingan o'lchamlar bo'yicha quriladi. O'lchamlarni olishning murakkabligi, birinchidan, odam tanasining murakkab tuzilishida, ikkinchidan, odam figurasida tana va kiyimning shakli va razmerlarini aniqlaydigan yaqqol ifodalangan kerakli dastlabki nuqta va chiziqlar yo'qligida, uchinchidan, o'lchamlarni olish vaqtida qomat va yelkaning (qo'llarining holati) o'zgarib turishida. Qomat va yelka holatining o'zgarib turishi «orqaning belgacha uzunligi» va «oldning belgacha uzunligi», «orqaning kengligi» va «oldning kengligi» kabi yetakchi o'lchamlarning aniqlik darajasiga ta'sir etadi. Undan tashqari odamning ba'zi o'lchamlari sutka mobaynida o'zgarib turishi ham hisobga olinishi kerak. Masalan, odamning bo'yi ertalab kechqurunga nisbatan balandroq, bel aylanasi ovqatlangandan keyin ancha o'zgaradi, ko'krak qafasi va qorin aylanasining o'lchamlari nafas olganda kengayadi. Konstruksiya chizmasining sifati va figurada kiyimning to'g'ri o'rnashuvi o'lchamlarning aniq va to'g'ri olinishiga bog'liq.O'lchamlar kontaktli va kontaktsiz usullar yordamida olinadi. O'lcham olish jarayonida asbob va moslamalarni odam tanasiga urintirib olinadigan o'lchamlar kontaktli deyiladi. Kontaktsiz usullarda o'lchamlar elektron-hisoblash moslamalari yordamida olinadi. Kontakt usulida o'lcham odam tanasida yaqqol ifodalangan va skeletning o'simtalari yoki yumshoq to'qimalarda aniq ko'rinadigan chegaralarda joylashgan antropometrik nuqtalarga tayanib olinadi. O'lchamlarni olish vaqtida odam o'lchamlarai olishga xalaqit bermaydigan — ich kiyimda yoki yengil ko'ylakda, konstruksiyalanayotgan kiyim bilan kiyiladigan poyabzalda bo'lishi kerak. O'lchamlari olinayotgan odam tinch, zo'riqmasdan, o'rgangan qomatini saqlab, qo'llar tushirilgan, tovonlar birlashtirilgan holda turib, oyoq uchlarining orasi 15—20 sm bo'lishi kerak. O'lchamlar olish vaqtida odamning holati o'zgarmasligi kerak.O'lchamlarni olishdan awal figuraning tipini, qomatini va uning asimmetriyalarini aniqlash maqsadida figuraning tuzilishi o'rganiladi. O'lchamlar o'ng tomondan olinadi, asimmetriyali joylar o'ng va chap tomonlardan o'lchanadi.O'lchamlarni olish jarayonida turli asbob va moslamalardan foydalaniladi. Aylanalar, bo'ylama, ko'ndalang va yoysimon o'lchamlar santimetrli tasma yordamida olinadi. O'lcham olish vaqtida tasmani tananing yumshoq to'qimalariga botirmasdan tanaga zich yopishtirib o'lchanadi. Bel chizig'ining gorizontalini aniqlash maqsadida bir uchida ilmoqli, ikkinchi uchida qator izmali ingichka rezinkani qo'llash tavsiya etiladi. Figuraning eng ingichka joyi qafiy gorizontal holatda rezina bilan bog'lanadi. Kiyimning figuraga mos kelishi kiyimning yuqori qism balansi qanday aniqlanganligiga bog'liq. Balansning dastlabki chizig'i sifatida yelka chizig'ining holati qabul qilinadi. Yelka chizig'ining o'rnini va bo'yin asosida dastlabki balans nuqtasini to'g'ri aniqlash maqsadida yarim pelerinasimon yumshoq matodan tayyorlangan yelka yopinchig'idan foydalaniladi. Yopinchiq orqa va old bo'laklar andazalarining tepa qismlari bo'yicha o'ng tomonga bichiladi, yelka choki biriktiriladi, yoqa o'mizi bo'ylab tasma yoki rezinka tikiladi. Amaliy ishlarda avval yarim aylanalar (bo'yin, ko'krak birinchi, ko'krak ikkinchi, ko'krak uchinchi, bel, bo'ksa) o'lchanadi. Bu o'lchamlar bo'yicha figuraning bo'yi va to'lalik guruhi aniqlanadi. O'lchamlarning keyingi guruhiga ko'krak kengligi birinchi, ikkinchi, ko'krak markazi, orqa kengligi kiradi.Keyingi ikkita guruhning olchamlari bir-biri bilan ham guruh ichida (orqaning belgacha uzunligi, oldning belgacha uzunligi, ko'krak balandligi, yelkaning qiya balandligi orqada, yelkaning qiya balandligi oldida), ham ba'zi o'lchamlar orqali guruhlararo o'zaro bog'langan. Yelka aylanasi, yelka kengligi, yeng uzunligi odatda asosiy uchastkalar o'lchamlaridan so'ng olinadi. Figuraning o'lchamlari quyidagi bosh harflar bilan shartli ravishda belgilanadi: O -to'la aylanalar; S - yarim aylanalar; Sh — kengliklar; D — uzunliklar; masofalar; R — bo'y; V — balandliklar; S — markazlar orasidagi masofalar. Bosh harflar yoniga figuraning o'lchanayotgan joyini bildiradigan indekslar qo'yiladi. Aylanalar, balandliklar va yelka qiyaligining kengligi o’lchamlarning qiymati to'liq yoziladi va chizmaning hisobida to'liq ishlatiladi. Yarim aylanalar, markazlar, kengliklar to'liq o'lchanib, yarmi yoziladi, chunki chizma kiyimning faqat yarmiga quriladi. Asosiy o'lchamlardan tashqari kiyim detallarining turli o'lchamlarini aniqlashda qo'llanadigan yordamchi o'lchamlar ham mavjud, masalan, Ozap (bilak aylanasi) va h.k. Olingan o'lchamlarning to'g'riligi tipavoy figuralar o'lchamlari bilan taqqoslab, tahlil qilib tekshiriladi. Muayyan figura va tipavoy figura o'lchamlari katta qiymatga farqlangan holatda o'lchamlar takror olinadi va tana tuzilishining qanday xususiyatlari ta'sir etgani aniqlanadi. Kiyimlar konstruksiyasini hisoblashda va qurishda ishlatiladigan asosiy o'lchamlar hamda figurani o'lchash metodlari quyidagi tasvirda ko'rsatilgan va keltirilgan. 2.3 Andaza tayyorlash. Andaza konstruksiyasi avvalo bo’yi va o'lchami o'rtacha bo'lgan kiyim uchun tayyorlanadi, so'ngra u andazani qo'shish va ayirish yo'li bilan katta va kichik o’lchamli kiyimlar uchun tayyorlanadi. Andazalar tayorlash guruhi. Modellar Uyidan olingan etalon andazaning qanchalik to'g'ri yasalgani korxona tajriba konstruktori tomonidan aniqlab chiqilgach, u andaza tayorlash guruhiga beriladi. Bu guruh ish va yordamchi andazalarni tayorlaydi. Ish andazalari beshta tuda kompleksda tayorlanib, bo'lardan ikkitasi tajriba sexiga gazlama sarflash normasini aniqlash uchun va bittasi tayorlash sexida burlama tayorlash uchun, qolgan ikki komplekta nuqsonli gazlamalarni bo'rlash va to'shama ustiga qo'yilgan burlamaning uchib ketgan joylarini bo'rlash uchun bichish sexiga yuboriladi. Yerdamchi andazalar kiyim detallaridagi bort burchaklari, cho'ntak o'rinlarini va boshqa shu kabi joylarni belgilash uchun tayorlanadi. Bo'lardan tashqari andaza tayorlash guruhi bichish sexlarida kiyim detallarini tekislab qirqib olish uchun qo'shirncha andaza tayorlaydi. Andazalar tayor bo'lgach, ular tekshiriladi va chetlari aylantirilib tamg'alab chiqiladi. Shu bilan birga andazalarga kiyimning qaysi detallarining qaysi joyida qanday o'lchamda uloq bo'lishi mumkinligi, uning maksimal va minimal razmerlari, gazlamaning urish va tarqoq iplarining yo'nalishlari va kiyim detallarini tikishda birlashtirish uchun andazalarga nazorat belgilar belgilanadi. Andaza etalonlari tikuvchilik fabrikalariga asosan Fasonlar uyidan keladi. Tajriba sex konstruktori etalon andaza qanchalik to'g'ri yasalganini aniqlab chiqqandan keyin, uni shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga beradi. U yerda ish andazalari va yordamchi andazalar tayyorlanadi. Andazalar qalinligi 0,9-l,2mm qattiq press-shpat kartondan tayyorlanadi. Qo'shimcha andazalar kartondan tayyorlangan bo'lsa, atrofiga tunuka qo’yiladi. Uzoq vaqtgacha o'zgarmaydigan kiyim detallarini bichishga moljallangan qo'shimcha andazalar esa dyuralyuminiy yoki boshqa metall tunukalardan tayyorlanadi. Andazalar tayyor bo'lgandan keyin, kiyimning asosiy detallarining ish andazalari sinchiklab tekshiriladi va ularning cheti yangirib tamg'alab chiqiladi. Har qaysi andazaga gazlamaning urish va arkok iplari qanday yo'nalishda bo'lishi chiziladi va ularga nisbatan qancha chetga chiqish mumkinligi belgilanadi. Bundan tashqari andazalarda qaysi detallarning qaysi joyida qanday o'lchamdagi ulok bo'lishi mumkinligi ham ko'rsatiladi. Bo'larning hammasida GOST/DS talablariga rioya qilish shart.Detallar bir-biriga to’g’ri ulanishi uchun andazalarga nazorat belgi qo’yiladi. Hamma andazalarga fasoning nomeri ,razmeri, rosti yoziladi. Ish andazalari va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirilib turiladi. Karton qurilmasi natijasida kirishish mumkin bo’lgani uchun etalon andazasining o’zi ham yilning har choragida bir marta tabelda ko’rsatilgan o’lchamlarga solishtirib tekshiriladi. 2.4 Gazlama tanlash andazani gazlama ustida joylashtirish bichish. Detallar bir-biriga to'g'ri ulanishi uchun, andazalarga nazorat belgi qo'yiladi. Hamma andazalarga fasonning nomeri, razmeri, rosti yoziladi. Ish andazalari va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib turiladi. Karton qurishi natijasida kirishish mumkin bo'lgani uchun etalon andazalarning o'zi ham yilning har choragida bir marta tabelda ko'rsatilgan o'lchamlarga solishtirib tekshiriladi. Ustiga biror kiyim andazalari komplektini yoki bir necha kiyim andazalari kompleklarini ma"lum tartibda joylash tirib, andazalar shakli tushirib olingan gazlama yoki qog'oz bo'lagi burlama deb ataladi.Ma’lum tartibda joylashtirilgan andazalar shaklini gazlama yoki qog'ozga tushirib olish uchun, odatda, andazalar atrofidan bo'r yoki qalam yuritib chiqiladi. Hozirgi kunda joylashtirilgan andazalar shaklini tushirib olishning ilg'orroq yo'llari ham topilgan. Masalan, andazalar gazlama ustiga joylashtirilib, ular ustidan tez quruvchi rang sepish mumkin. Chet davlatlarda bunday usulda burlama tayyorlash uchun ishlatiladigan bir necha xil mashinalar ham bor.Gazlama to'g'ri va tejamli sarf bo'lishi asosan bichish processlariga bog'likdir. Shuning bu proccesslarning har qaysisi uchun aloxida uchun aloxida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar qo'yidagilardan iborat: burlama normasi, to'shama normasi, texnikaviy norma va fond normasi. Burlama normasi - andazalarning satxiga va andazalar orasidagi yo'l qo'yiladigan chiqindilar normasidan iborat. To'shama normasi - burlama normasi va to'shashda chiqadigan chiqindilar normasidan iborat. Texnikaviy norma - bir fasondagi bitta kiyimga to'g'ri keladigan gazlama sarflashning texnikaviy normasidir. Fondaviy norma - barcha korxonalar bo'yicha yagona bo'lib, muayan kiyim turi uchun o'rtacha texnikaviy norma va rasional qoldiqlar, yaroqsiz laxtaklar miqdori bilan aniqlandi. Kiyim o'lchamiga sarflanadigan gazlama normasi buyumning konkret o'lchamlari kombinasiyali o'lcham yoki buyi va eni hisobga olingan o'lchamga, gazlamani qat-qat tahlash usullariga (gazlama sirtini pastga qaratib yeyish yoki ikkala sirtini bir-biriga ro’para qilib yeyish hamda gazlamaning konkret eni) va turiga (tukli gazlama, uzun chizik gulli gazlama va hokazo) bog'lik Gazlamani rasional sarflashni hisoblash osonroq bo'lishi uchun uzunligi har xil bo'lgan bir nechta burlama tayyorlangani ma"qul. Xuddiy shu maqsadda, kattalar kiyimi andazalarini bolalar kiyimi andazalari bilan birga joylashtirsa ham bo'ladi, lekin bunda ikkala kiyim artikuli bir xil gazlamadan tikiladigan bo'lishi shart. Gazlama yalang qavat to'shalsa, uning sarf bo'lishi buklab to'shalgandagiga qaraganda 1-1, 5% kamayadi. Lekin bunda ham o'ngini o'ngiga qaratib yalang qavat to'shalsa, o'ngini faqat pastga qaratib to'shalganiga nisbatan kamroq gazlama sarflanadi. Tikishbop konstruksiyali kiyimning detallari keyingi ish jarayonida qo'shimcha qirqish, tekislash talab etilmaydigan qilib aniq-aniq bichilgan bo'lishi kerak. Buning uchun andazalarni joylashtyrganda, yenglar kiyamasi, old qism bilan ort kisimning yelka qirqimi, old yeka umizi bilan boshqa detallar orasida 0, 5sm oraliq qoldirilishi kerak. Asosiy detallar konturi yaqinida qoldiriladigan bu oraliq vertikal pichoqli mashinada detallarni aniq bichish uchun kerak. Bunda gazlamaning sarflanishi ortmaydi, chunki kengaytirmay tayyorlanganda andazalarning yuzasi kichrayadi. Urish ipiga nisbatan detallarning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chetga chiqishi eng kam bo'lishi kerak (chetga chiqish umuman bo'lmagani yaxshi). Andazalar joylashtirilayotganda kiyim astarida xech qanday ulok bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Ostki yoqa faqat ikki qismdan iborat bo'lishi kerak, chunki uloklar ko'p bo'lsa, ularni qirqib tekislash zarur bo'lib koladi. Kiyim avrasi old qismi va ort qismi detallarining andazalari urish iplari buylab nixoyatda aniq bo'lishi kerak. Bort qotirmasi va yoqa qotirmasi detallarining andazalari urish ipiga nisbatan joylashtiri lishi SNIISHP usuliga asoslanib ko'rsatilgan. 2.5 Namlab issiqlik ishlov berish. Kiyim tikishda uning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lishi va sifati yuqori darajada bo'lishi uchun unga namlab-isitib ishlov berib, choklar yupqalashtiriladi, ba'zi joylarga shakl beriladi. Bunday ishlarni bajarish namlab-isitib ishlov berishga umumiy sarflanadigan vaqtning taxminan 20-25 foizini tashkil qiladi. Kiyim detallarini namlab, uni dazmol yoki press yordamida isitsak, gazlamadagi molekulalarning molekulyar bog'lanishlari bo'shashadi, unga istalgan shakl berish imkoniyati paydo boladi. Har qanday gazlamalar asosan o'simlik tolalaridan, hayvonlardan olingan tolalardan va sun'iy, sintetik tolalardan olib to'qiladi. Polimer tolalar uch xil fizik holatda: shishasimon, yuksak elastik va yopishqoq cho'ziluvchan holatda bo'ladi. Jun, ipak, ip, zig'ir tolasidan to'qilgan gazlamalar tabiiy tolalardan to'qilgan bo'lib, ular faqat ikki xil fizik holatda: shishasimon va yuksak elastik holatda bo'ladi. Tabiiy tolalar yuqori haroratda kuyib ketadi. Shishasimon holatda tolaning deformatsiyasi juda kam bo'ladi va tez yo'qoladi, chunki unga faqat odam badanining harorati va atrofdagi havo harorati ta'sir etadi. Yuksak elastik holat. Namlab-isitib ishlashda shishasimon va yopishqoq-cho'ziluvchan holatlar orasidagi haroratda yuksak elastik holat hosil bo'ladi va kerakli vlolormatsiyaga erishiladi. Yopishqoq-cho'ziluvchan holat yuqori haroratda paydo bo'ladi. Bunda deformatsiya juda katta va qaytmaydigan bo'ladi. Chunki polimer tola yumshab, oqadi. Har qanday gazlama oddiy sharoitda issiqni yomon o'tkazadigan bo'ladi. Agarda gazlama yoki dazmol mato ustiga suv purkab, issiq press yoki dazmol qo'yilsa, suv bug'ga aylanadi. Natijada gazlamaning ustki va ostki qatlam tolalarini qizdirib, shishasimon holatdan yuksak elastik holatga o'tkazadi va bu holatda detallarga kerakli deformatsiya berish mumkin. Shuning uchun tikuvchilik buyumlarini namlab-isitib ishlov berishda namlik katta ahamiyatga ega. Lekin namlab-isitib ishlov bergandan keyin qolgan namni yo'qotish kerak. Buning uchun dazmol yoki pressni bir oz vaqt davomida gazlama ustida tutib turib, nam yo'qotiladi. Tikuvchilik buyiimlariga namlab-isitib ishlov berishda turli asbob-uskunalar, elektr press va dazmollar yoki bug'li press, dazmollar ishlatiladi. Elektr prcsslarda yoki elektr dazmollarda ishni bajarish uchun suv maxsus purkagichlarda sepiladi, bunda sepilgan suv ba'zi joyga ko'p, ba'zi joyga kam puikaladi. Natijada kaip suv tushgan joyda ko'p bug' hosil bo'ladi va tolalarni shishasimon holatdan yuksak elastik holatga o'tkazadi. Suv kam purkalgan joydagi tolalaming bir qismigina yuksak elastik holatga o'tadi va detal sifati past bo'ladi. Elektr bug' va bug'-press hamda dazniollarni ishlatishda, yuboriladigan bug' gazlamaning hamma joyidagi va hamma qavatlaridagi tolalar yuksak elastik holatga o'tadi, ish sifati yuqori bo'ladi. Namlab-isitib ishlov berishda hosil qilingan shaklni saqlab qolish uchun gazlama tolalari sovitilib, yuksak elastik holatdan yana shishasimon holatga o'tkazishlishi kerak. Buning uchun gazlamadan qolgan namni butunlay yo'qotib, sovutish kerak bo'ladi. Naralab-isitib ishlov berishda ishning to'g'ri bajarilishi katta ahamiyatga ega. Chunki namlab-isitib ishlov berishning parametrlari to'g'ri tanlanmasa, ayniqsa lavsan va lavsan aralashgan gazlamalarda detallar kirishib ketishi, tuzatib bo'lmaydigan dog'lar hosil bo'lishi mumkin. Namlab-isitib ishlov berishning parametrlari to'g'ri tanlangan bo'lsa, hosil qilingan taxlamalar (plisse, gofre) turg'unlashadi va yuvilganda ham o'zgarmaydi.Kiyim detallaridagi hosil qilingan deformatsiyani tuig'unlashtirish uchun kimyoviy ishlov beriladi. Bunda gazlamalar suv ta'siriga ham yaxshi chidaydigan bo'ladi. Kiyim yuvilgandan keyin va namlab yoki quiuq kimyoviy tozalangandan keyin ham dazmollashga hojat qolmaydi. Tikuvchilik korxonalarida namlab-isitib ishlov berish uchun asosan dazmol, press, bug'lagich, bug'li havo manekenlari ishlatiladi. To'g'ri burchak shaklidagi dazmollash stoli Tikuvchilik korxonalarida namlab-isitib ishlov berish uchun asosan dazmol, press, bug’lagich, bug’li havo manekenlari ishlatiladi. Stol ustida bug'li elektr dazmol yordamida beriladi. Stolning ustiga movut va zig'ir tolasidan to'qilgan gazlarna qoplanadi. Dazmollar elektr, bug', elektr-bug' bilan qizdiriladi. Dazmollash yuzalariga qizdiriladigan va bug' so'rib olinadigan dazmollash stollari ishlatiladi. Gazlama yuziga suv purkash uchun maxsus purkagich ishlatiladi.Namlab-isitib ishlashda dazmollardan tashqari pnevmatik, gidravlik va elektromexanik yuritmali presslar ishlatiladi Kiyim detallariga elektr dazmolda yoki elektr presslarda ishlov berishda gazlama tolalarida kuchlanish hosil bo'ladi va gazlama tolalari ezilib, gazlama yuzasida yaltiroq joylar paydo bo'ladi. Bunday joylarni yo'qotish uchun gazlama bug'lanadi. Bug'lash ishlari bug'li dazmol, bug'li press yoki bug'li havo manekenida bajariladi. Bir tomonga yotqizib dazmollash. Yupqa gazlamadan tikiladigan ko'ylakning yelka, yon, yeng choklarini yupqalashtirish uchun bir tomonga yotqizib dazmollash. Yorib dazmollash. Ust kiyim va kostyum, yubka, shim choklarini (yon, yelka, yeng, shim yon choklarini va h.k.) yupqalashtirish uchun yorib dazmollash. Bukib dazmollash. Qoplama cho'ntak, koketka kiyim etagining chetini bukib dazmollash. Dazmollab yupqalashtirish. Kiyim bortini, yoqa chetlarini, yeng uchini dazmollab yupqalashtirish. Cho'zib dazmollash. Kiyim detalining ma'lum joyida botiqlik hosil qilish uchun shu joyga yondosh joylari o'lchamlarini cho'zib uzaytirish (ostki yoqa tik va qaytarma joylari bo'ylab). Kirishtirib dazmollash. Detalning ma'lum joyida bo'rtiq hosil qilish uchun shu joyga yondosh joylar o'lchamlarini qisqartirish. Ust kiyimning ko'krak qismida qabariq hosil qilish uchun va vitochka uchlaridagi solqilarni yo'qotish uchun kirishtirib dazmollash. Bo'rttirib dazmollash. Oqish gazlamalardan tikiladigan ko'ylak, bluzkalaiga belgi chiziq o'rniga (cho'ntak o'rnini, bo'rtma chok chiziqlarini tushirish) bo'rttirib dazmollash. Bug'lash. Tayyor kiyimdagi yaltiiub qolgan joylardagi gazlamatolalarini bug'lab yo'qotish. Namlab-isitib ishlashda stol ustiga choklarai, detallarning chetini va taxlamalarni bostirib dazmollash, choklarni yorib dazmollash va h.k. ishlarni bajarish uchun maxsus qoliplar ishlatiladi. Namlab-isitib ishlashda zig'ir tolasi yoki ip gazlamadan bo'lgan dazmol mato ishlatiladi. Sintetik gazlamalarga paxmoq gazlama ishlatiladi. Detallarni yoki tayyor kiyimni dazmollashdan oldin purkagich bilan namlab olinadi. Agar gazlamada suv doglari qoladigan bo'lsa, suv purkalib dazmollanadi. Sintetik tolali gazlamalardan tikiladigan kiyimlarni namlab-isitib ishlov berishda detal ustiga ip gazlamadan dazmol mato qo'yib, dazmollash tavsiya etiladi. Gazlama yuzasida turli dog'lar paydo bo'lmasligi uchun isituvchi asbobning qizish harorati tekshirib ko'riladi. Namlab-isitib ishlashda uning sifati yuqori bo'lishi uchun purkalgan nam gazlamadan to'la ko'tarilib ketguncha davom ettiriladi.Bir tomonga yotqizib dazmollangan choklar to'g'ri chiqish uchun uni oldin yorib dazmollash kerak bo'ladi.Yorib dazmollashda choklarning yo'li va gazlama gullari qiyshayib qolishiga yo'l qo'ymay, chok haqi to'la yotgunga qadar dazmollanadi. Ag'darma chok bilan tikilgan detallar ziylarini oldin namlab olib, keyin nami butunlay quriguncha va ziylari yupqalashguncha ishlov beriladi. Ziylarni dazmollashda bir yo'la notekis joylari to'g'rilanib, dazmollab olinadi.Kiyimning teskari tomoniga dazmol mato qo'ymay, o'ngiga esa dazmol mato qo'yib, namlab-isitib ishlov beriladi. Bunda bort adip tomonidan yoqa ostki yoqa tomonidan, belbog' ostki belbog' tomonidan, manjetlar ostki manjet tomonidan dazmollanadi.Tayyor kiyimni bug'lashda bug'li-havo manekenidan foydalaniladi. Maniken bo'lmasa, bug'li dazmol, bug'li pressda bug'lanadi. Tayyor kiyimga uzil-kesil namlab-isitib ishlov bergandan keyin, uni osib qo'yib, hosil qilgan shakl to'la mustahkamlanguncha quritilib, sovitiladi . 2.6. Ko’ylakni tikishdagi ishlatiladigan jihozlar. ORSHA 1022 tipi mashinasi. Bu mashina kostyumbop, paltobop va qishki harbiy kiyimlik gazlamalarni ikki ipli bitta moki baxyakator yuritib tikishga mo'ljallangan. Asosiy valning aylanish chastotasi 4500 min ga etadi, baxya uzunligini 0 dan 5 mm gacha o'zgartirsa bo'ladi. Tikiladigan gazlamalarning tepki tagida kisilgan holatdagi qalinligi 8 mm gacha. Mashina tanasining ishchi qulochi 260 mm. JVfe 90-150 ignalar ishlatiladi. Mashina tanasiga markazlashtirilgan moylash sistemasi, naychaga avtomatik ip uraydigan qurilma joylashtirilgan. Ko'pgina birikmalarda tebranish podshipniklari ishlatilgan.1022 rusumli tikuv mashinasi asosida turli vazifali, takomillash-tirilgan bir kancha tikuv mashinalari ishlab chiqarilmokda. 1022-M va 1022 rusumli tikuv mashinalarining bir-biridan farki shundaki, aylanma To'g'ri moki baxyaqator hosil qilib tikish mashinalari harakat asosiy valdan taksimlash valiga tishli g'ildiraklar yordamida emas, balki tishli tasma yordamida uzatiladi, materiallarni surish mexanizmining konstruktsiyasiga kichiqrok massali detallar ishlatilib o'zgartirish kiritilgan. Mexanizmlar mashina platformasi tagidagi moy karteri ichigajoylashgan. 1022-3 rusumli tikuv mashinasi kuylak va bolalar kiyimlarining detallari qirqimlarini magizlashga, 1022-4 esa palto detallari qirqimini magizlashga mo'ljallangan. 1022-4 tikuv mashinasi konstruktsiyasining o'ziga xos xususiyati shundaki, shakllagich (magizlagich) tishli reyka bilan kinematik bog'langan.Suriladigan shakllagich qo'llanilishi, ishlovchini kamrok charchatib, detal qirqimlariga ishlov berish sifatini oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda Orsha engil mashinasozlik firmasida 1822 rusumli tikuv mashinasi chiqarilayotgan bo'lib, u ko'ylak, kostyum va paltolarga bezak baxyakator yuritish uchun ishlatiladi. Baxyasi 10 mm gacha yiriklashtirilgan. 1322 rusumli tikuv mashinasida igna berilgan holatda (ustki va ostki holatda) mexanik tarzda tuxtatish, tepkini avtomatik ko'tarish, ipni qirqish qurilmalari mavjud. Ip takish va uning tarangligini sozlash. Ustki ipni takish. Galtakni tutgich tayanchining sterjeniga yoki mashina tanasidagi sterjenga o'rnatiladi. Agar ip galtak tutgichdan boshlab o'tkaziladigan bo'lsa, ipni pastdan yuqoriga tortib, galtak tutgich yo'naltirgichning ilgagi orkasiga o'tkazilib, yuqoridan pastga ip yo'naltirgichning ung teshigidan o'tkaziladi va taranglik qo'shimcha rostlagichining shaybalari orasidan soat mili harakati yo'nalishida aylantirib o'tkaziladi. So'ngra ipni pastdan yuqoriga chapga birin-ketin ip yo'naltirgichning uchta teshigidan va ip yo'naltirgichning uchta teshigidan o'tkazib, soat mili harakati yo'nalishida ustki ip taranglagichining shaybalari orasidan aylantiriladi. Ip uchi ip tortgich prujina orkasiga o'tkaziladi, pastdan yuqori tomon ip yo'naltirgich burchaklik atrofidan aylantirib, ip yo'naltirgich ga taqiladi. Ungdan chap tomonga ip saklagich skoba tagidagi ip tortgichning teshigiga kiritiladi. Ipni yuqoridan pastga ip yo'naltirgichlari 5,18 orqali o'tkazib, chapdan ungga tomon igna ko'ziga taqiladi.Ostki ipni naychaga urash va takish. Ostki ipni avtomatik uragich yordamida naychaga uraladi. Ostki ipni galtakdan naychaga urash uchun uni ustki ipni takishdagi singari, pastdan yuqoriga tomon galtak tutgichning yo'naltiruvchi ilgagi ortiga o'tkaziladi, keyin yuqoridan pastga tomon ip yo'naltirgichning ung teshigiga kiritiladi, taranglash qo'shimcha rostlagichining shaybalari orasidan soat mili harakati yo'nalishida aylantirib o'tkaziladi, so'ngra pastdan yuqoriga birin-ketin ip yo'naltirgichning uchta teshigidan o'tkaziladi-da, soat mili harakatiga qarshi yo'nalishda aylantirib, naychaga bir necha marta uraladi. SHpindelni salgina bosib, unga naycha kiydiriladi. Ayni vaqtda ajratgich soat mili harakati yo'nalishida aylanib, naycha devorlari orasiga kiradi va shpindelni ish holatida ushlab turadi. Ipni naychaga urash uchun mashinani ishlatish oldidan ip igna uzidan chiqarib olinadi va richagni soat mili harakati yo'nalishida burib tepki ko'tariladi. Ip stoli kopkogining ung tomoni tagida joylashgan dastani yuqoriga ko'tarib, elektr yuritgich ishga tushiriladi. Pedal bosilsa elektr yuritgichdan aylanma harakat ponasimon tasmaJi uzatma orqali mashinaning maxovik g'ildiragiga va asosiy valga uzatiladi. Naychaga etarli miqdorda ip uralgandan keyin shpindel tuxtaydi. Ostki ipni moki qurilmasidan chiqarib olish uchun etarlicha ip uchi qoJdirib, naychani shpindeldan olinadi. Xulosa Men tikuvchilik ishlab – chiqarish yo’nalishida 3 – yil davomida o’qib tikuvchilikning hamma sir – asrorlarini o’rganishga harakat qildim. Men malakaviy ishimga ayollar zamonaviy kiyimlarini tikish ushun shu mavzuni tanladim.Bu mavzuni tanlashimga sabab ayollar zamonaviy liboslarini tikish uchun turli modellini yaratish, va har xil bezaklardan foydalashni juda – juda xoxlayman va mana shu ma’lakaviy ishimni tayyorlashga harakat qildim. To'qimachilik sanoat korxonalari tikuvchilik korxonalariga turli xil ko'rinishdagi kiyim-kechaklar tikish uchun har xil gazlamalar, tikuvchilikda ishlatiladigan g'altakiplarni yetkazib beradi. Natijada, tikuvchilik sanoati aholi va xalq xo'jaligjning barcha tarmoqlari uchun mavsumiy, zamonaviy modaga mansub bo'lgan, iqtisodiy talablarni qondiruvchi kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi. Bu sanoat xodimlari tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish, yuqori sifatli bejirim buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallarning olinishi, xossalari, fizik-mexanik ko'rsatkichlari va assortimentlarini yaxshi bilishlari kerak.) Chunki, tikuvchilik materiallarining xossalari, ularning qanday tolalar, iplardan tashkil topganligi, o'rilishi, pardozi va boshqa ko’rsatkichlariga bog'liq.Ayollar zamonaviy liboslsrining bichimining, ko’rinishi boshqa kiyimlarga qaraganda ancha farq qiladi . Ayollar zamonaviy liboslarini tikishda asosan qora, to’q, jiggarang, matollardan foydalanish ko’piroq samara beradi. Bunday matollardan tikiladigan liboslarni kundalik hayotda muhim biznes ishlarida ishonchli ish o’rnida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Och ranglardagi liboslarni esa turliy uchrashuvlarga kechki bazimga , bayrm va tadbirlarga kiyish tafsiya etiladi. Bunday liboslarni tikish vaqtida mato mavsumga qarab tanlanishi lozim.Liboslarnintikish vaqtida uning bichimiga qarab yetarlicha bezak beriladi va har xil mayda detallarida ko’piroq foydalaniladi. Men ayollar zamonaviy liboslarini tikishda modelini hozirgi zamoning modasiga asoslangan holda va o’zimga yoqadigan rangdan foydalandim. Har bir bo’lagini tikuv texnalogiyasi asosida tikdim. Ko’proq bezak berishga harakat qildim o’ylaymanki bu modellar har qanday ayoll ar uchun zavq bag’ishlaydi. 2.8. Iqtisodiy qism № Nomi O’lcham olish Miqdori Narxi Jami ketgan harajat 1 Gazlama metr 1 2000s 2000s 2 Ip Dona 1 200 s 200s 3 Flezilin Metr 0,5 600 s 300 s 4 Ish haqi So’m 3000 3000 5 Elektr energiya quvvati R.V 6,392 4 s 6 Soliq So’m 550 s 7 Sarflangan harajat So’m 6054 s 8 Sotuv narxi So’m 8054s 9 Sof foyda 2000 s 2.9 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishni tashkil etishning eng muhim va zarur elementi bo’lib, texnika va sanitariya –gigiena tadbir –choralarini o’z ichiga oladi.Bunday tadbir –choralar sog’lom va havfsiz mehnat sharoiti yaratishga yordam beradi.Mehnat muhofazasining asosiy prinsiplari quydagilardan iborat; havfsizlik texnikasi qoydalari va normalari fan va texnikaning eng sungi yutuqlarini hisobga olib, qatiyan ilmiy asosda ishlab chiqiladi. Korxonalarda mehnat muhofazasi talablari vameyoriga rioya qilinishini kasaba soyzlari,yani ishchilarining o’zlari nazorat qiladilar. Ishlab chiqarish honalari va yordamchi yordamchi honalar normal ish sharoitini ta’minlaydigan istish va shamollatish (ventiliysiya) tizimlari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ularda harorat 18 -22grads atrofida saqlanishi kerak. Hamma dastgohva uskunalar asoslariga qattiq mahkamlangan bo’lishi, mashinalar, astgohlar, apparatlar va boshqa qurilmalarning hafli joylari hotalangan bo’lishi lozim.Yelim, yuqori harorat, yuqori bosim ishlatiladigan jarayonlar (yopishtirish, presslash, qavat qilish va hokazo.) joylari alohida honalarda yoki alohida uchastkalarda bo’lishi kerak. Yelim ishlatiladigan presslar qo’yilgan honalar (yelimlash, presslab yopishtirish va hakoza honalar) havo kiradigan umumiy va bug’ yoki gaz paydo bo’ladigan joylar esa mahalliy havo surish qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. Har bir qonada kerakli dori –dormonlari bor birinchi yordam apteshkasi bo’lishi lozim. Korxona hududida ishchilarni havf – qatar haqida ogohlantiradigan (yorug’lik, tovush va hokoza) signal beruvchi qurilmalar, shuningdek ishchilarga, yorqin suratli ogohlantirish yazuvlari o’rnatilgan bo’lishi kerak. Shikastlanishdan saqlanish uchun turli to’siqlardan foydalaniladi.Tishli, zanjirli va chervyakli uzatmalardan hamma tomoni berk to’siqlar bilan ihotalanadi.Chunki ularning hamma tomoni havfli.Tortib ochiladigan hamma to’siqlar (qopqoqlar, eshikchalar, to’sgichlar) da blokirovkalangan berkitgichlar bo’lib, ular mashina butunlay to’qtaguncha to’siqlar ochilib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Hamma press va bug’lagichlarda (jumladan, stolga qo’yilganlarida ham) boshqaruv ikki tugmachali bo’lib, bu ishchining qo’li press yostiqlari orasiga kirib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Mashina va maxsus mashina joylari, qo’llarga igna tegib ketmasligi uchun, iqtiyot plastinalar qo’yib mahkamlangan bo’ladi.Tugma chatish, puqtalash va izmalash mashinalarining hammasida ishchining ko’zini iqtiyotlash uchun ileksiglasdan qayrilma plastinalar bo’ladi.Bichish sehining qo’shma va stasionar bichish mashinalarida, shuningdek tashash mashinalarida ishlovchi ishchilarning hammasi ro’mol va xalatdan iborat maxsus jomakor bilan ta’minlanadi. Elektr montyurlar rezina qo’lqop, rezina kalish va rezina to’shama bilan, shuningdek izolysiylovchi qurilmasi bor asbob bilan ta’minlanadi. Xavfsiz mehnat sharoiti va ishlab chiqarish sanitariyasi yuzasidan yo’l –yo’riqlar quyidagi turlarga bo’linadi; kirish yo’l – yo’riq, malum vaqtlardagi takroriy yo’l – yo’riq va rejadan tashqari yo’l –yo’riq. Kirish yo’l- yo’rig’i ishlab chiqarishga yangi kiruvchi hamma ishchilar, muhandis – texnik qodimlar, xizmatchilar uchun, shuningdek korxonaga ishlab chiqarish praktikasio’tish uchun yuboriladigan o’quvchi – shogirdlar uchun o’tkaziladi. Dastlabki yo’l – yo’riqni kirish yo’l – yo’rig’idan keyin seh boshlig’i, smena ustasi, atele mudiri ish boshlaguncha bevosita ish o’rnida o’tkazadi. Dastlabki yo’l – yo’riq dasturiga maskur ish o’rnidagi texnologik jarayon bilan tanishtirish ham kiradi. -Uskunaning tuzilishi, xavfli zonalar va ularga qo’yilgan ihotalar; -ishga tayyorgarlik tartibi (uskunalar, ishga tushirish asboblari, erga ulash qurilmalari, asboblar va moslamalarning yoroqliligi); -iqtiyotlik moslamalarini va yakka himoya vositalarini ishlatish tartibi, bu vositalarining vazifasi va ulardan foydalanish qoidalari, ish vaqtida kiyim, poyafzal va bosh kiyimda yurishga nisbatan bo’lgan talabalar; -ish o’rnini to’g’ri tashkil etishga va uni qanday tutishga kiyiladigan talablar (ish o’rinlari va o’tish joylari bichiq detallariga ketmasligi, iflos bo’lmasligi haqida ogohlantirish); - qo’l asboblarini ishlatish xavfsizligi va ularni asrash tartibi; -ishlovchilarning xatti-harakati qoidalari (texnonlogik va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilish kerakligini tushuntirish); -ishlab chiqarishda shikastlangan kishiga birinchi yordam ko’rsatish qoidalari; Takroriy yo’l –yo’riq (dastlabki yo’l yo’riq dasturiga binoan ish o’rnida yiliga kamida bir marta, juda xavfli uchastkalarda esa yilning har choragida o’tkazilib turadi.). Rejadan tashqari yo’l-yoriq quyidagi hollarda o’tkaziladi; -uskunalar ichidagi texnologik jarayon o’zgarish natijasida ishlash xavfsizligi shartlari o’zgarganda : -ishlovchi mehnat xavfsizligi shartlari qoidalari va yo’l-yo’riqlarini buzganda : Texnologik va ishlab chiqarish intizomi buzilganda. Dastlabki,takroriy va rejadan tashqari instruktajini ish ustasi yoki atelle mudiri ish o’rnida o’tkazadi.Korxonada ishlovchilarning har biridan xavfsiz mehnat sharoitlariga qatiiy rioya qilish talab etiladi. Biriktirib tikish mashinalarida , shuningdek elektr dazmolda va pressda e’tiborsizlik bilan tushunmat ishlaganda ishlovchi o’zini xavf ostida qoldiradi .(mashina ignasi barmoqni teshib ketishi , tugma va igna parchalari ko’zga tushishi elektr tok urishi pressning ustki qopqog’i qo’lni yoki barmoqlarni kuydirishi va ezib yuborishi). Tikuv mashinasida ishlovchilar uchun qoidalar . Tikuv mashinasida ishlayotgan kishida quyidagi qoidalarga qatiy rioya qilish talab etiladi. Biriktirib tikiladigan maxsus mashinalarda ish o’rnida dastlabki yo’l-yo’riq o’tgandan keyingina ish boshlash mumkin: Ish boshlash oldidan mashina sozligini tekshirib ko’rish , bashorat nosozlik sezilsa mexanikni chaqirish kerak: -Mashinada ishlayotganda qo’l halati noto’g’ri bo’lsa barmoqlarni igna teshib ketishi umkinligini yodda saqlash kerak. Mashina tagliklaridagi pedallarga rezina to’shama qoplangan bo’lishi lozim; -temir pedalda rezina to’shamasiz ishlash man etiladi; -elektr dvigatelni o’chirmay turib, mashinani tozalash va moylash, shuningdek mashina shkviga tasma qo’yish man etiladi; -himoya shchiti bo’lmagan tugma qadash mashinasiga ishlash man etiladi; -mashinang aylanadigan qismlari yaqiniga qaychi va boshqa asboblarini qo’yish man etiladi; Mahalliy yoritish lampalarini chiqarib olish man etiladi. Elektr dazmolda ishlovchilar uchun qoidalar. Elektr dazmolda ishlovchilardan quyidagi qoidalarga rioya qilish talab etiladi: Dazmolni elektr tarmog’iga ulashdan oldin shnur izolyasini va dazmolning taglikdagi holatini tekshirish kerak. -elektr dazmol qiziganligini barmoq qo’yib tekshirilmaydi; -elektr dazmolni elektr shnurdan emas, balki vilka korpusidan ushlab tokka ulanadi; -dazmol tushib ketishiga, simi halqalar va tugunlar hosil qilib aylanib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi; -o’ta qizib ketgan dazmolni suvga solib yoki purkagichda suv sepib sovitish man etiladi – qo’llarni va yuzni kuydirib qo’yishi mumkin; -dazmolni elektr shnuri ustiga qo’yish man etiladi – simlar izolyasiyasi yomon bo’lsa, qo’l kuyib qolishi yoki tok urishi mumkin; -buzuq dazmolda ishlash, dazmolni va elektr simlarini uzicha tuzatish man etiladi. -Dazmolda ishlayotganda oyoq tagida rezina to’shama bo’lishi kerak; -ish tugagandan keyin dazmol stollarining elektr taminoti o’chirib qo’yilishi zarur. Shikastlanib yoki kuyib qolinsa medisina punktiga murojaat qilinadi. Pressda ishlovchilar uchun qoidalar. Presslarda ishlash, ishlash huquqini olish uchun maxsus o’qishni, alohida etibor berib ishlashni va quyidagi qoidalarga qatiyan rioya qilishni talab qiladi: -ish o’rnida dastlabki yo’l – yo’riq ko’rsatilgandan keyingina presslarda ish boshlashga ruqsat etiladi; -ish boshlashdan oldin pressning sozligi va avtomatikasi ishlayotganligi tekshiriladi; press nosoz bo’lsa, ish boshlash man etiladi, mexanikni chaqirish kerak bo’ladi; -pressning ustki yostig’i ikkala tugmacha bir vaqtda – baravariga – bosilgandagina yopiladigan bo’lishi kerak; -gidravlik pressning ustki yostig’i pastga tushayatganda, qo’llar plitalar orasiga tushib qolmasligi uchun, ishchining ikkala qo’li boshqaruv tugmachalari ustida bo’lishi kerak; -ko’yib qolmaslik uchun, kiyimni bug’layotganda yuzni press yostiqlariga yaqinlashtirish man etiladi,bug’ berish pedalini bosayatganda press yostig’idagi kiyimni qo’l bilan o’g’irlash man etiladi. Jarahotlangan kishiga birinchi yordam ko’rsatish. Har qaysi sixda quydagilar bo’lishi shart; birinchi yordam ko’rsatish uchun kerakli narsalari va moslamalari bor aptechka – shkafcha; birinchi yordam ko’rsatish qoidalari ko’rsatilib, ko’rinarli joylarga osib qo’yilgan plakatlar. Zaharlanganlikning birinchi belgilari paydo bo’lgan zahoti jarohatlangan kishini ochiq havoga olib chiqish va medisina punktiga yuborish kerak. Termik kuyish hollarida kuygan joy yangi tayyorlangan tanin eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi. Elektr toki urganda quyidagi choralar ko’riladi; shikastlangan kishi hushidan ketib, keyin o’ziga kelgan bo’lsa, unda, ahvoli yomanlashib qolmasligi uchun, uni shifokorga olib borish kerak; shikastlangan kishi hushi joyida bo’lmasa, uni yotqizib, kiyimni tugmalarni yechib qo’yib, derazalarini ochish, novshadil spirti hidlatish;badanini ishqalab isitish, darhol shifokorni chaqirish zarur. Elektr toki urgan hamma holarda, shikastlangan kishining ahvoli qandayligidan qatiy nazar,shifokorni chaqirish shart. Organizim o’ta qizib ketib, issiq ilitganda (bo’shashish, bosh og’rish, yurganda gandiraklash hollarida ) shikastlangan kishini darholsalqin joyga, ochiq havoga olib chiqish, nafasi to’qtab qolgan yoki keskin aynigan bo’lsa, suniiy nafas oldirish kerak. Hamma honalar yong’indan signal berish uskunalari va yong’in o’chirish vosiytalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Yong’in chiqishining asosiy sabablari elektr jihozlarining nosozligi, uskunalarni ishlatish haqidagi yo’l – yo’riqlar buzilishi, oson yonadigan moddalarini noto’g’ri saqlanishi hisoblanadi. Yong’ining oldini olish vazifalariga quyidagilar kiradi; o’t o’chirish vositalari (o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish kranlari va hokaza kiradi.) bilan to’liq ta’minlanganlik; Yo’laklarni, zinaxonalarni ahlat – chiqindilardantozalab qo’yish; eshiklar( yong’inda chiqish joylari) tez ochiladigan bo’lishi, o’t o’chirish kranlarini doim tayyor tutish, o’t chiqqanda odamlarni evakuasiya qilish rejalari mavjudligi, shuningdek zinaxonalarni, imorat qavatlarini, kirish va chiqish eshiklarini nomerlab qo’yish. Yong’in chiqgudek bo’lsa, hamma mashina va apparatlarni to’qtatish, havo kishi va chiqish ventilyasiyasini o’chirish, sehga elektr toki berilishini uzibqo’yish; o’t chiqqanligi haqida darhol 01 telefonida va yong’in haqida elektron signal (YES ) da xabar berish; o’t o’chirish komandasi kelguncha yong’in yelib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun barcha choralarni ko’rish, odamlarni o’t olgan xonadan rejaga muvofiq olib chiqish kerak. Adabiyotlar 1.T .A.Ochilov, B.B.Axmedov S.SH.Toshpulatov Tikuvchilik material shunosligi “Sharq” nashriyot-matbaaaksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent. 2007. 2.S.Polatova.Zamonaviy libosni modellashtirish. “Sharq” nashriyot-matba aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent. 2007. 3.Ayollar ust kiyimining tikuvchisi, chevar. O’quv qo’llanma. “Talqin” nashriyot Toshkent. 2003. 4.S.Tashpolatov, X.Komilova, S.Nishonova ,D.Rasulova . Xalq istemol buyumlarini modellashtirish va loyihalash. “Sharq” nashriyot-matbaaaksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent. 2007. 5.Tikuvchi chevar ishlab chiqarish ta’limidan texnologiya yo’l-yo’riq kartalari to’plami.o’quv qo’llanma. “Talqin” nashriyot Toshkent. 2003. 6 Ayollar yengil kiyimi konstruksiyalash va modellash o’quv qo’llanma . “Talqin” nashriyot Toshkent. 2003. 7.M.Abdullayeva.Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi. “Voris-nashriyoti” MCHJ Toshkent. 2006 8.T.A.Ochilov. N.G.Abbosova ,F.J.Abdulina,Q.I.Abulniyozov. Gazlamashunoslik. Toshkent Abdulla Qodiriy “Xalq merosi nashriyoti 2003. 9. S.U.Po’latova ,HH.Saidova , X.Q.Raxmanov . Libos kompozitsiyasi. Toshkent. 2006. M u n d a r i j a 1. Kirish a) Tikuvchilikning sanoatdagi o’rni.________________________________ b) Libos haqida tushuncha.________________________________________ 2. Ayollar zamonaviy ko’ylagini tikish uchun model tanlash ____________________ 3. Ayollar zamonavy ko’ylagini tikish uchun o’lcham olish_______________________ 4. Andoza tayyorlash._____________________________________________________ 5. Gazlama tanlash. Andazani gazlama ustida joylashtirish.,bichish._________________ 6. Namlab issiqlik ishlov berish._____________________________________________ 7. Xulosa_______________________________________________________________ 8. Ko’ylakni tikishda ishlatiladigan jihozlar. “ORSHA” 1022 tipi mashinasi.__________ 9. Iqtisodiy qism.________________________________________________________ 10. Mehnat muhofazasi.___________________________________________________ 11. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.________________________________________